Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Mualliflar
/
Noma'lum muallif
Noma'lum muallif
Aforizmlar (215)
Aqlingizni kelajakdan, qalbingizni esa o‘tmishdan olganingizda, hozirgi zamonda zavq bilan yashashni boshlaysiz.
Hayot - bu nimani ushlab turish va nimani qo‘yib yuborish o‘rtasidagi muvozanatdir.
Hayotingiz o‘zgarishi uchun uning asosiga orzuingizni qo‘ying.
Harakat ishtahani qo‘zg‘atganidek, mehnat ham rohat-farog‘atga bo‘lgan intilishni uyg‘otadi.
Yer haydaganni omoch to‘ydiradi.
Hayot - poyezd, o‘z o‘rningni egalla.
Daraxt ekish uchun eng yaxshi vaqt 20 yil oldin edi. Navbatdagi qulay fursat - bugun.
\"Bilmayman\" deyishni o‘rganing va bu o'zingiz uchun rivojlanish bo‘ladi.
Ba’zi narsalar e’tiboringizni tortishi mumkin, lekin ko‘proq qalbingizni egallaydiganlarga e’tibor qarating.
Sayohat qilgan odamgina yangi yo‘llar ochadi.
Sayyohlar qayerda bo‘lganliklarini bilmaydilar, sayohatchilar esa yana qayerda bo‘lishlarini bilmaydilar.
Sayohat paytida yo‘ldan adashish yoqimsiz, ammo yo‘lda davom etishning ma’nosini yo‘qotish undan ham yomon.
Orzuingizdagi sayohat bugundan boshlanadi.
Mehmonxona yaxshi yoki yomon, arzon yoki qimmat bo‘lishi ahamiyatsiz. Xonaga kirasiz-u, bir martalik sovun, bir martalik stakanchalarni ko‘rasiz va o‘zingizning ham bu yerda bir martalik ekaningizni anglaysiz. Ko‘pi bilan ikki martalik.
Faqat yaxshi ko‘rgan kishilaring bilan sayohat qil.
Dunyo kitobdir, sayohat qilmagan kishi uning bitta sahifasini o‘qiydi.
Sayohat - sarflagan pulingiz evaziga sizni qalban boy qiladigan tuyg'u.
Sarguzasht xavfli deb o‘ylasangiz, odatdagidek yashayvering. U undan ham halokatli.
Yashagan ko‘pni ko‘radi. Sayohat qilgan undan ham ko‘proq biladi.
Sayohat qilgan odamgina yangi yo‘llarni ochadi.
3 / 11