Noma'lum muallif

Aforizmlar (215)

Sen qanday bo‘lsang, shundayligingcha go‘zalsan.
Sen kim bo‘lishing menga noma’lum, ammo shuni bilamanki, sen men uchun bor-yo‘g‘im bo‘lasan.
Ba’zida menga mo‘jiza kerak bo‘lganda, qizimning ko‘zlariga qarayman va u menda allaqachon borligini tushunaman.
Qo‘rquvingizga qancha kuch sarflasangiz, orzularingizga ham shuncha kuch sarflaysizmi?
Ba’zan, hammasi chappasiga ketayotgandek tuyulganda, aslida barchasi o‘z o‘rniga tushayotgan bo‘ladi.
O‘ziga g‘amxo‘rlik qilish - o‘z kuchini qayta tiklashning bir yo‘li.
Rohatlanib o‘tkazayotgan vaqt - yo‘qotilgan vaqt emas.
Dunyoni quyosh nuri bilan to‘ldira oladigan yagona inson sen ekanligingni unutma.
Bugun kimgadir yaxshilik qilib, dunyoni yaxshilashga kuchingiz yetadi.
Shod bo‘lganingizda, \"ha\" deganingizda va atrofingizga ijobiy nur taratganingizda, siz har bir yulduz turkumining markazida quyoshga aylanasiz va odamlar sizning yoningizda bo‘lishni xohlashadi.
Yaxshilik - bu faqat ezgulik olib keluvchi fazilat.
Har doim keragidan biroz mehribonroq bo‘ling.
Dadil qarorlardan biri - qalbing va ruhingni azoblaydigan o'ylardan voz kechishdir.
Umidingni so'ndirma!
Kuchli bo‘lishni oldingizga maqsad qo'ymaguningizcha, qanchalik kuchli ekanligingizni hech qachon anglay olmaysiz.
Qalbim jasur, aqlim o'tkir, ruhim ozod bo‘lsin.
Kuchli ayol o‘zini himoya qilish bilan birga yaqinlarini ham asray oladi.
Sening doimo kuching bo‘lgan, faqat uni mustaqil boshqarishni o‘rganishing kerak.
Har kuni yoningda yuragingni sindirishlariga yo‘l qo‘yib bergandan ko‘ra, ketib o‘z qalbingni sindirganing afzal.
Ertalab xuddi kechasi yig‘lamagandek tabassum qila oladigan ayol kuchli bo‘ladi.