Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, yolg‘iz qolish — sevishning muhim shartidir.
Agar hayotingda kimnidir qolishini istasang, unga hech qachon befarq bo‘lma.
Insonning maqsadlari amalga oshgan sari yuksalib boraveradi.
O'zligingni namoyon qilish uchun — gapir!
Hayot — sirli, anglab olish darkor!
Buyuk ishlarni amalga oshirish kerak, ularni cheksiz o‘ylash emas.
O‘z uyida baxtli bo‘lgan kishi baxtlidir.
Hayot juda jiddiy, ammo u haqida haddan tashqari jiddiy gapirishning hojati yo‘q.
Hayot faqat o‘rganuvchilargagina ta’lim beradi.
Necha yoshda ekaning muhim emas, faqat qancha yo‘lni bosib o‘tganing muhim.
Zaiflar hech qachon kechirmaydi. Kechira bilish — kuchlilarning xislati.
O‘tmish xotiralari yoqimli bo‘lsagina o‘ylang.
Nima qilsangiz ham, yaxshi qiling.
Inson o‘z hayotida hech qachon yangi sahifa yoza olmaydi, agar u doimo eski sahifalarni varaqlab, qayta-qayta o‘qiyversa.
O‘z yo‘lini topish va hayotdagi o‘rnini anglash — inson uchun eng muhimidir; chunki bu insonning haqiqiy “o‘zi”ga ega bo'lishdir.
Hayotning maqsadi ko‘pchilik tarafida bo‘lish emas, balki o‘zing anglab yetgan ichki qonuniyatlaringga muvofiq yashashdir.
Agar hayot sizga kulib boqishini istasangiz, avvalo unga yaxshi kayfiyatingizni hadya eting.
Keng ma’noda olganda, hayot fakt va hodisalardan iborat emas. U asosan insonning xayolidan tinimsiz kechadigan fikrlar to‘fonidan tarkib topgan.
Hayotning ma’nosi yo‘q, o'zim unga mazmun kiritishim kerak.
Bir soat vaqtini behuda sarflashga jur’at etgan odam hali hayot qadriga yetmagan bo‘ladi.
5 / 126