Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Uyqusizlik muammo emas. Asosiy muammo — ertalab uyg‘onganda nima uchun yashayotganini bilmaslik.
Hayotdagi eng katta g‘alaba — salbiy tafakkur ustidan g‘alaba qozonishdir.
Esingda bo‘lsin, hayot velosiped haydashga o‘xshaydi: agar qiyin bo‘lsa, demak, sen yuqoriga ko‘tarilishga harakat qilyapsan.
Baxt — tashvishsiz va g‘amsiz hayot emas, balki qalbning xotirjamligidir.
Hayotni shunday rejalashtirish kerakki, undagi har bir lahza ahamiyatli bo‘lsin.
Baxtli yashashning siri — bugundan boshlanadi.
Muvaffaqiyatli bo‘lishga emas, qadrli inson bo‘lishga intiling.
Insonda hammasi go‘zal bo‘lishi kerak: yuzi, kiyimi, qalbi, fikri ham.
Muammoni anglab yetish — muvaffaqiyatga erishishning kalitidir.
Biz odatlarimizning qulimiz. Odatlarni o‘zgartiring va hayotingiz o‘zgaradi.
Boy bo‘lmoqchi bo‘lsang, hunar o‘rgan. Boylik vaqt o‘tishi bilan tugaydi, hunar esa yo‘qolmaydi.
Insonlarning eng yomoni — maqsadi yo'qlardir.
Dunyoda hammamiz bir-birimizga kerakmiz — o‘z yaqiningizni toping.
Qalb bir xil rangda, aql esa boshqa rangda bo‘lishi mumkin emas.
Yolg‘onning bir tomchisi ishonch ummonini buzadi.
Hayotni tushunmoqchi bo‘lsang, aytilayotgan va yozilayotganlarga ko‘r-ko‘rona ishonma — kuzat va his qil.
General bo‘lishni orzulamagan askar — yomon.
Jasorat — g‘alabaning boshlanishi.
Muvaffaqiyatli odamlar boshqalar behuda sarflayotgan vaqtdan unumli foydalanib, oldinga intiladilar.
Intizom — g‘alabaning onasi.
6 / 126