Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Biz ko‘zlarimizga ishonamiz - lekin ularga ishonib bo‘lmaydi; qalbimizga ham ishonamiz - lekin unga ham ishonmaslik kerak. Yodingizda bo‘lsin, insonni bilish oson emas!
Eng qiyini - o‘zingni anglash, eng osoni - o‘zgalarga maslahat berish.
Kamchilikni anglash mukammallikka yaqinlashtiradi.
E’tiqod har qanday bilimning boshlanishi emas, balki gultojidir.
Hammasini o‘rgan, aqlni birinchi o‘ringa qo‘y!
Sen - la’l izlash yo‘liga chiqqan konsan, Sen - visol umidi bilan yashovchi seviklisan. Bu sodda, ammo dono so‘zlar mag‘zini angla: Nimani izlasang, albatta o‘zingdan topasan!
O‘zini yenga olgan odamdan kuchli inson yo‘q.
Muhimi, kim deb o‘ylashlari emas, asli o'zligingdir.
Baxt ortidan quvma: u doim sen bilan!.
Ona - bu hammaning o‘rnini bosa oladigan, lekin uning o‘rnini boshqa hech kim bosa olmaydigan zotdir.
Ona - yer yuzidagi o‘z mehrini o‘nta farzandga teng taqsimlay oladigan yagona insondir, va har bir bola baribir o‘zini chin dildan sevilayotganini his qiladi.
O‘ziga g‘amxo‘rlik qilgan holda boshqalarga zarar yetkazmasligi kerak.
Boshqalarning baxt-saodati haqida qayg‘urib, o‘zimizning baxtimizni topamiz.
Qish fasli o‘tmish va kelajak haqida o‘ylashga undaydi.
Qish manzara mohiyatini ochib beradi.
Qish dilni xushnud etadi.
Qishki nur shu qadar go‘zal va musaffo.
Qish - bu qalbning holati.
Hech nima sovuq kabi kuydirmaydi.
Qishda rejalar tuzaman. Bahorda ko‘chib ketaman.
34 / 126