Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Biror narsani tushunsang, yashash osonroq bo‘ladi. Biror narsani his qilsang, og‘irroq bo‘ladi. Lekin negadir doim tushunishni emas, his qilishni xohlaysan!
O‘zgarishdan qo'rqmaydiganlar harakatsizlardan ancha kuchli va baxtli.
Sevimli bo‘lish boy bo‘lishdan ko‘ra yaxshi, chunki sevilish baxtli bo‘lishni anglatadi.
O‘zgarishlardan boshqa hech nima doimiy emas.
Uzoqlarga ketib, keyin butunlay boshqacha bo‘lib qaytishda qandaydir sehr bor.
Mavjud bo‘lish - o‘zgarish demakdir, o‘zgarish - ulg‘ayish demakdir, ulg‘ayish - o‘z-o‘zini cheksiz yaratish demakdir.
O‘zgarishsiz taraqqiyot bo‘lmaydi va o‘z fikrini o‘zgartira olmaydiganlar hech narsani o‘zgartira olmaydi.
Agar ayol intuitsiyasi bo‘lmaganida, qanchadan-qancha erkaklar o‘z baxtini chetlab o‘tgan bo‘lardi.
O‘zingga yoqqan ishni qilish - bu erkinlik. Qilayotgan ishingizni sevish - bu baxt.
Kecha men aqlli edim, shuning uchun dunyoni o‘zgartirmoqchi edim. Bugun men donishmand bo‘ldim. Shuning uchun o‘zimni o‘zgartiryapman.
Hayotdagi katta muvaffaqiyat hech qachon yiqilmaslikda emas, balki har yiqilganda ko‘tarilishdadir.
Yashashning siri yetti marta yiqilib, sakkiz marta turishdir.
Jahling chiqqan har bir daqiqa uchun oltmish soniyalik baxtingni yo‘qotasan.
Tana ko‘p narsaga bardosh bera oladi. Faqat bunga ongingizni ishontirishingiz kerak.
Insonni baxtli qilish vazifasi dunyoni yaratish rejasiga kiritilmagan.
Yosh - bu shunchaki o‘zingizga qo‘yilgan cheklov.
Maqsadlar hech qachon oddiy bo‘lmasligi kerak. Ular sizni ishlashga majbur qilish uchun noodatiy bo‘lishi kerak.
O‘zingizni anglang.
Eng shonli g‘alaba - o‘z ustidan qilingan g‘alaba.
Agar maqtovni munosib deb bilishni istamasang, uni xushomad deb bil.
33 / 126