Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Xato va muvaffaqiyatsizliklar yo‘q, faqat saboqlar bor.
Agar o‘zingiz xohlasangiz, har bir xato ko‘proq tushunish va samaradorlikka olib keladi. Agar o‘zingiz xohlasangiz, har bir umidsizlik sizga sabrli va qat’iyatli bo‘lishga yordam beradi.
Bor imkoniyatdan oqilona foydalanadiganlar yaxshi natijalarga erishadilar.
Xatolarni qanday qilishimiz emas, balki ularni qanday tuzatishimiz belgilaydi.
Erkak bo‘lish uchun muvaffaqiyat va xatolari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni bilishi lozim. Birovni ayblash, hasad qilish kerak emas. Birovning muvaffaqiyatini o‘z muvaffaqiyatsizligi deb bilmoq halokatli hayot tarzidir.
Xatolar kashfiyotlar eshigidir.
Halollik va yetuklik o‘z hayotini muvaffaqiyatli davom ettirganlarning yo'li. Bir xil xatolarni takrorlaydiganlardan ajratib turadigan ikkita asosiy omildir.
Inson ko‘p marta muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. Lekin u o‘z xatolarida boshqa birovni ayblashni to'xtatsagina omadga erishadi!
Muvaffaqiyatsizlikdan xijolat bo‘lmang, ulardan saboq chiqaring va yangidan boshlang.
Sog‘lom fikr tajriba bilan, tajriba esa noto‘g‘ri mulohazalar bilan keladi.
Boshqalarning xatolaridan saboq oling!
Har kim yashirinishi mumkin. Kuch - qiyinchiliklarga tik qarab, ularni yengib o‘tishda.
Rivojlanishni istasangiz, xato qilish qo‘rquvini yengishingiz kerak.
Hayot juda qiziqarli. Oxir-oqibat, azob-uqubatlaringizning ba’zilari sizning eng kuchli tomoningizga aylanadi.
Tishi og‘rigan odam tishi butun odamni baxtli deb biladi. Kambag‘allikdan qiynalgan odam boylar haqida ham shunday noto‘g‘ri hukm chiqaradi.
Xatoni tan olmoq uchun jasorat va kamtarlik kerak. O‘z nohaqligini tan olmoq jasorat, zaiflik emas.
Noto‘g‘ri qarorlarni taqdirga yo'ymang! Xatolaringizni tan oling. Barchamiz xato qilamiz, bu normal holat, Xatolardan ibrat oling, toki ular sizga quvvat bersin!
Ba’zan eng katta zaifliging bilan yuzma-yuz bo‘lmaguncha o‘z kuchingni anglamaysan.
Xato qilganingizda faqat uchtasini qilishingiz kerak: uni tan olish, undan saboq olish va uni takrorlamaslik.
Muvaffaqiyat hech qachon xato qilmaslikda emas, balki bir xatoni ikki marta takrorlamaslikda.
25 / 126