Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Yaxshilikni ham, burchni ham unutgan noshukur odam yolg‘izlikka mahkum.
Nonko‘rlik manmanlikning qizidir.
Noshukur odamlarda amneziya xurujlari ancha ko‘p uchraydi.
Insonning noshukurligiga ko‘nikish qiyin, lekin undan shikoyat qilish ham ahmoqlik, bu xuddi qilgan yaxshiliklaring bilan maqtanishga o‘xshaydi.
Vaqtida aytilmagan rahmat, nonko‘rlikdan boshqa hech nima emas.
Odamlar doim Xudodan nimadir so‘rashadi, U bergan narsalarga shukr qilishni unutishadi!
Odamlarga qancha yaxshilik qilsang, ular shuncha ko‘p shubha qila boshlaydilar...
Agar ko‘ngli bo‘shlik qilib kimnidir og‘ir ahvoldan qutqarmoqchi bo‘lsangiz, u sizni ham o‘sha botqoqqa tortishga urinishi istisno emas. Shuning uchun odamni o‘zining odatiy “ajoyib” va “muattar” dunyosida qoldirganingiz ma’qul. Yaxshisi, o‘zingizga g'amx'orlik qiling!
Minnatdorchilik kutish ahmoqlik, nonko‘rlik esa pastkashlikdir.
Inson biror ishni beg‘araz qilsa, buning uchun minnatdorchilik kutmaydi. U haqda noshuk degan fikr eshitganida, qilgan ishini eslaydi.
Ba’zan kimgadir yordam berasan. U qanot chiqarib, uchib ketadi va shu zahoti seni badnom qiladi.
Noshukurlik zaiflikning bir turi. Oliyjanob odamlar hech qachon nonko‘r bo‘lmaydi.
O‘sha... yaxshilikning qadriga yetmaydigan odamlar bilan urishmasdan, bir umrga xayrlashaman.
Agar seni kimdur noshukkrlikdda ayblasa, uning xizmati qancha turishini aniqla, hisob-kitob qil va u bilan boshqa ish qilma!
Kamtarlik o‘ziga ishonganlarning nasibasidir.
Ehtimol, bu o'ta kamtarlikdir. Lekin men kamtarona yashayotganimdan faxrlanaman!
Kamtarlik bokschining tashrif qog‘ozidir.
Kamtarona kiyingan ahmoq aqlli ko‘rinadi.
Kamtarlik insonnig oliy ziynati.
Har birimiz aqlli, kamtar, mehribonmiz. Ammo ba’zilar buni ko‘rsata olmaydi.
20 / 126