Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Hozirgi kunda odamlar hamma narsaning qadrini bilishadi, lekin hech nimaning qadriga yetishmaydi.
Yaxshi do‘stlar, qalbni boyituvchi kitoblar va pok vijdon — haqiqiy baxt manbai.
Mening burchim — ko‘p pul topish, undan ham ko‘proq pul topib, topgan pulimni vijdonim amri bilan vatandoshlarim manfaati yo‘lida ishlatishdir.
Kitob — bu shunchaki matn yoki adabiy asar emas. U insonning vijdonini uyg‘otadi, aqlini charxlaydi va san’at orqali qalbiga ta’sir qiladi.
Toza vijdonli inson uyqusi xotirjam, qalbi ham osoyishta bo‘ladi.
O‘z irodangga egalik qil, vijdoningga xizmat qil — ana shunda haq yo‘ldan adashmaysan.
Vijdonini yo‘qotgan odam hamma narsasidan ajralgan hisoblanadi.
Faqat aql, ilm, iroda va vijdon insonni yuksaltiradi. Boshqacha yo‘l bilan yuksalish mumkin deb o‘ylash esa faqat nodonning ishidir.
Zakovatdan ulug‘roq boylik, jaholatdan yomonroq qashshoqlik, odob-axloqdan afzalroq meros yo‘qdir.
Vijdon – insonning hayvondan farqini isbotlovchi dalildir.\n\n
Qalbingda vijdon deb ataluvchi ilohiy olovning mayda uchqunlari so‘nmasligi uchun harakat qil.
Pok vijdon — ko'ngilsiz xotiralarga oynadir.
Or-nomusni tortib olib bo‘lmaydi, uni yo‘qotish mumkin.
Insonning qadr-qimmati uning maqsadga erishgan yoki erishmaganiga qarab emas, balki shu maqsad sari qanday yo‘l bilan borganiga qarab belgilanadi.
Inson halol bo‘lsa, boshqalarni vijdonsizlikda gumon qilishga shunchalik kam moyil bo‘ladi.
Or-nomus — insonning tashqi vijdoni, vijdon esa uning ichki or-nomusidir.
Libosni yangiligida asra, nomusni yoshlikdan.
Elakdan o‘tkazish bu — yo‘qotish emas.
Sevgan kishingizdan sizni nima uchun sevishini hech qachon so‘ramang: agar u bu haqda o‘ylanib qolsa, sizni sevishga arzigulik hech nima yo‘qligi ayon bo‘lib qolishi mumkin.
Muhabbat va munosabatlar nafaqat jismoniy yaqinlik va iliq tuyg‘ular, balki o‘z ustida tinimsiz ishlashni talab etadigan mashaqqatli mehnat hamdir.
15 / 126