Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Do‘stlik - bu inson bilan shunchaki yaxshi bo‘lishdir.
Tugagan do‘stlik, aslida, hech qachon boshlanmagan bo'ladi.
Chin do‘stlik samimiy va mardlikka asoslangan bo‘ladi.
Do‘stlik uchun na qul, na hokim kerak. Do‘stlik tenglikni xush ko‘radi.
Do‘stlik barcha insonlar hayotiga kirib boradi, ammo uni asrab qolish uchun ba’zida xafagarchiliklarga ham bardosh berish kerak bo‘ladi.
Do‘stlik shodliklarni ko‘paytiradi va g‘am-tashvishlarni kamaytiradi.
Sevgi javobsiz bo‘lishi mumkin, ammo do‘stlik hech qachon bunday bo‘lmaydi.
Do‘stlik ishonchsizlik boshlangan joyda tugaydi.
Do‘stlik insonning shaxsiy qadr-qimmatini boshqalarda aks ettiruvchi ko‘zgudir.
Do‘stlik - inson intiluvchi bandargoh bo‘lib, u qalbga quvonch va xotirjamlik bag‘ishlaydi, bu hayotda hordiq chiqarish va samoviy hayotning boshlanishi hisoblanadi.
Muhabbat javobsiz qolishi mumkin. Do‘stlik esa - aslo.
His-tuyg‘ularimiz tarixiy rivojlanishi fe’l-atvorimizni shakllantirib, taqdirimizni belgilaydi.
Ayanchli taqdirda ham baxtli o‘zgarishlarga yo‘l ochilishi mumkin.
Taqdir bizni ikki yo‘l bilan sinar ekan: goh istaklarimizni rad etib, goh ularni bajo keltirib.
Bugun Sezar, ertaga hech kim.
Taqdir kuchlilarga madad beradi.
Ba’zan inson o‘zining baxtsizligi oldida bosh egishga majbur bo‘ladi; bosh egishi mumkin, lekin tiz cho‘kmasligi kerak.
Taqdirni ayblamoqning foydasi yo‘q, chunki u shunday bo‘lishi sizning qo'lingizda.
Tasodifiy hodisa hammasini o‘zgartirib yuboradi.
U taqdirdan qochishga urinib, aslida unga qarab chopmoqda.
105 / 126