Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Qanday vaziyatga tushib qolganingizdan qat’i nazar, bu vaziyatning sizga qanday ta’sir ko‘rsatishini faqat o‘zingiz belgilaysiz.
Insonning taqdiri uning fidoyiligiga bog‘liq.
Taqdir tasodif emas, balki tanlov natijasi; taqdirni kutib o‘tirilmaydi, u yaratiladi.
Nafratni ko‘tara olmaydiganlar siyosat bilan shug‘ullanmasligi lozim. Nafratsiz taqdir bo‘lmaydi.
Men hech qachon o‘z taqdirimni boshqarishga yoki unga qarshi kurashishga urinmaganman. Aksincha, taqdirim izmiga imkon berdim.
Qayerga ketyapman? Bilmayman. Biroq o‘zimni shiddatli hayot, telba taqdir izmida ekanligimni his qilmoqdaman.
Yulduz bo‘lish, ehtimol, sening taqdiring emas, ammo eng zo'ri bo‘lish - o'z oldingga qo‘yishing mumkin bo‘lgan maqsaddir.
Taqdir ko‘pincha shafqatsizdir, biroq barchaning qalbining tubida umid bor. U yo‘qotilgan g‘ayratni tiklaydi va susaygan jasoratni uyg‘otadi!
har bir kunning lazzatini faqat taqdir majburiyatidan o‘zimizni chetga olsakkina tota olamiz.
O‘zimiz haqimizda bilishni xohlamaydigan jihatlar, oxir-oqibat tashqaridan taqdir bo'lib kirib keladi.
Nahotki uchinchi ming yillik taqdirimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin?
Omad taqdirni o‘zgartira oladigan inson qiyofasida namoyon bo‘lishi mumkin.
Biz aslida jamiyatga butunlay bog‘liqmiz. Aynan u bizning taqdirimizni yo‘naltiradi.
O‘tmishini inkor etish - o‘zini cheklab qo‘yish demakdir. Buni qabul qilib, uni yengib o‘tgach, taqdir haqiqiy taqdirga aylanadi.
Katta hayot ostonasida o‘z taqdirimizni o‘zimiz yaratishimizga ishonish muhim.
Baxt — biz taqdir tomonidan peshona bitilgan qismatga qarshi erishgan eng buyuk g‘alabamizdir.
Inson o‘z taqdiri sari yurganida, ko‘pincha yo‘nalishini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi.
Taqdir - bu biz eng kam kutgan paytimizda boshimizga tushadigan voqeadir.
Qorong‘i yo‘lga qadam qo‘yishing bilan, u sening taqdiringda abadiy hukmronlik qila boshlaydi.
O‘rgatish ikki karra o‘rganish demakdir.
106 / 126