Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Oilaviy hayotda sevikli kishining fikrlari, e’tiqodlari, his-tuyg‘ulari, intilishlari bilan hisoblashmoq kerak. O‘z qadr-qimmatini saqlagan holda, bir-biriga yon berishni bilish kerak.
Qarindosh-urug‘ni barcha kamchiliklari bilan qabul qila olmasang, birorta begona seni qoniqtirmaydi.
Oilaviy hayotda zukkolik va mag‘rur go‘zallikdan ko‘ra kamtarlik va mehribonlik ko‘proq kerak.
Oila nima? Quvonch va qayg‘uda,kerakli vaqtda va nima bo‘lishidan qat’i nazar, sen bilan umrbod yashaydigan insonlardir.
Barcha baxtli oilalar bir-biriga o‘xshaydi, har bir baxtsiz oila o‘zicha baxtsizdir.
Oilaviy hayotni adolat ruhi bilan saqlab bo‘lmaydi. Aksincha, adolat bilan birga sevgi ruhi bilan qo‘llab-quvvatlash lozim.
Oila - bu kichik jamiyat bo‘lib, butun insoniyat jamiyatining xavfsizligi uning yaxlitligiga bog‘liq.
Do‘sti ko‘pning do‘sti bo‘lmas.
Odamlar bilan shunday munosabat qurginki, do‘stlaring dushmanga, dushmanlaring do‘stga aylanmasin.
Haqiqiy do‘stlik faqat bir-birining arzimagan kamchiliklarini kechira oladigan odamlar o‘rtasida bo‘ladi.
Har qanday do‘st ham yaxshi maslahatchi bo‘lavermaydi va har qanday maslahat beruvchi ham yaxshi do‘st emas.
Do‘st - men ovoz chiqarib o‘ylashim mumkin bo‘lgan yagona odam.
Do‘stlar qiyinchilikda bilinadi, deyishadi, menimcha, quvonchda ham bilinadi.
Yordam berishga tayyor bo‘lgan do‘stlarni topish oson. Bizning yordamimizni talab qiladigan do‘st orttirish qiyin.
Insonga o‘lganidan keyin emas, tirikligida do‘st bo‘lish muhimdir. O‘lgan odamga buning keragi yo‘q.
Dushmanlarga qarshi turish uchun katta jasorat kerak, ammo do‘stlarga qarshi borish uchun undan-da ko‘proq jasorat talab etiladi.
Sadoqatli do‘st uchun hech qachon qilingan yaxshilik ortiqcha bo‘lmaydi.
Chin do‘st qiyinchilikda bilinar.
Kim yaxshi do‘st bo‘lsa, uning ko‘plab yaxshi do‘stlari bo‘ladi.
Chin do‘st - qo‘lingizni ushlab turib, yuragingizni his qiladigan odamdir.
104 / 126