Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Umr
Umr
Umr mavzusida 113 ta aforizma.
Orzu qilishdan to‘xtasang, yashashdan ham to‘xtaysan.
Bu hayotda biror narsadan xafa bo‘lishga arziydimi? Hammasi o‘tib ketadi, bu ham albatta o‘tadi.
Hayotning achchiq haqiqati shundaki, insonlar erta qarib, juda kech dono bo‘ladi.
Istagan narsani qo‘lga kiritish mumkin — sigirlar, qalin junli qo‘ylarni, oltin uch oyoqli aravalar, oltin yolli otlarni ham sotib olish mumkin. Ammo hayotni qaytarib bo‘lmaydi.
Hayot — lahza. Uni avval qoralamada yashab, keyin esa oqqa ko‘chirib bo‘lmaydi.
Taraqqiyot yo'lida to‘xtab qolgan hayotni buzilgan deb hisoblash mumkin.
Hayot — ta’limdir; unda har bir inson ham ustoz, ham umrbod shogirddir.
Hayotni ikki xil yashab o‘tish mumkin. Birinchisi — mo‘jizalar bo‘lmaydi, deb hisoblash. Ikkinchisi — har bir hodisani mo‘jiza deb bilish.
Hayot juda jiddiy, ammo u haqida haddan tashqari jiddiy gapirishning hojati yo‘q.
Hayot faqat o‘rganuvchilargagina ta’lim beradi.
Necha yoshda ekaning muhim emas, faqat qancha yo‘lni bosib o‘tganing muhim.
Keng ma’noda olganda, hayot fakt va hodisalardan iborat emas. U asosan insonning xayolidan tinimsiz kechadigan fikrlar to‘fonidan tarkib topgan.
Hayotning ma’nosi yo‘q, o'zim unga mazmun kiritishim kerak.
Hayotni shunday rejalashtirish kerakki, undagi har bir lahza ahamiyatli bo‘lsin.
O‘lim – chinakam baxt eshiklarini ochuvchi kalitdir.
Kimki hayotning qadriga yetmasa, unga munosib ham emas.
Yaxshi o‘tgan kun osoyishta uyqu bergani kabi, foydali yashalgan umr ham osoyishta o‘lim baxsh etadi.
Hayot shunday - hammasi barbod bo‘lganidan keyin yana qaytadan boshlash.
Agar yaratgan senga yordam berishini istasang, avval o‘zing harakat qilishing kerak.
Bu hayotda nimadandir xafa bo‘lish kerakmi? Axir hammasi o‘tadi — bu ham o‘tadi.
1 / 6