Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Umr
Umr
Umr mavzusida 113 ta aforizma.
Odamlarga nazar tashlang: u umri davomida nimagadir bo‘ysunishni izlaydi.
Hayot xuddi ijodiy jarayonga o‘xshaydi: o‘zimiz palitra tanlaymiz va har kuni rasmlar chizamiz.
Hayot sho‘rvaga o‘xshaydi: ba’zan shirali yoki bemaza. Ammo har doim tarkibiy qismlarni, ya'ni masallqlarni to‘g‘ri solib, muvozanatini topish kerak.
Hayot limon bersa, atirgul o‘stir. Agar uddalay olmasang, hech bo‘lmaganda ularni sotib, biror mazali nimadur sotib ol.
Hayot — bu teatr, lekin ikkinchi aktga chipta yo‘q.
Hayot — har bir bemor boshqa karavotga ko‘chib o‘tishni orzu qiladigan shifoxonadir.
Yashash – fikrlash demakdir.\n\n
Vaqt - barcha vositalar ichida eng qimmatlisidir.
Yashashni boshlashimiz bilanoq o‘lim sari yuz tutamiz, shu bois shuhrat ketidan quvishdan ne keragi bor?
Ba’zilar xuddi abadiy yashaydigandek jamg‘aradi, boshqalari esa go‘yo shu zahoti o‘layotgandek sarflaydi.
Foydasiz odamlar faqat yeb-ichish uchun yashaydi, yaxshi odamlar esa yashash uchun yeb-ichadi.
Hayot o‘yinga o‘xshaydi:kimdir kurashadi,ba’zilar savdolashadi, baxtlilar esa zavq bilan tomosha qiladi.
Ertalab uyg‘onganingizda o‘zingizdan so‘rang: \"Bugun nima qilishim kerak?\" Kechqurun esa o‘zingizdan so‘rang: \"Bugun nima qildim?”
Kechagi kun bilan yashama, ertangi kundan qo‘rqma — bugun bilan yasha.
Doim yuqoriga oilb chiqadigan insonlar qurshovida bo'l!. Chunki hayot pastga tortmoqchi bo‘lganlar bilan to‘la.
Endi biz osmonda qushlardek uchishni, suv ostida baliqlardek suzishni o‘rgandik. Ammo bizga hali bir narsa yetishmayapti — yerda odamlardek yashashni o‘rganish.
Hayot bir lahza — uni baxt bilan o‘tkaz.
Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun hali kelmadi — demak, bugungi kun bilan yasha!
Yaxshilik qilganda, noshukrlikka tayyor tur.
Ba’zan hayotda qandaydir g‘alati yo‘llar bilan hammasi o‘z-o‘zidan iziga tushib ketadi.
2 / 6