Ta'lim

Ta'lim mavzusida 44 ta aforizma.

Ta’lim o‘z-o‘zidan maqsad bo‘la olmaydi.
Ta’limning oliy maqsadi faqatgina bilim emas, balki eng avvalo amaliy harakatdir.
Haqiqiy o‘qituvchi seni doimo tarbiyalab turuvchi emas, balki o‘zligingni topishingga ko‘maklashuvchi insondir.
Sifatli ta’limning belgisi - qiyin mavzularni oddiy so‘zlar bilan tushuntira olishdir.
Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun o‘rgatayotgan fanni sevishi va o‘quvchilarni ham yaxshi ko'rishi kerak.
Pedagog - bu yangi avlodga asrlar davomida to‘plangan barcha qimmatli boyliklarni yetkazishi, ammo xurofot, illat va kasalliklardan uzoq bo'lishi lozim.
O‘qituvchi o‘rgatuvchi emas, o‘rganuvchi.
Faqat ta’lim muassasasida bilim olgan bola, aslida ta’lim olmagan boladir.
O‘qituvchi o‘quvchilarning xotirasiga emas, balki aqliga murojaat qilishi, faqatgina yodlashga emas, balki tushunishga erishishga intilishi lozim.
Faqat sevgan ilmimngizni o‘rganishingiz mumkin.
Biz bolalarimizga o‘rgatayotgan saboqqa o‘zimiz ishonishimiz kerak.
Afsuski, biz hayot uchun emas, balki maktab uchun o‘qiymiz.
Bolalarga katta bo‘lganlarida kerak bo‘ladigan faoliyatni o‘rgatish kerak.
Oz bilishingni anglamoq uchun ko‘p o‘qishing kerak.
Bolani o‘rgatish uchun ham katta odam, ham go‘dak bo‘lish lozim.
Avval biz bolalarimizga ta’lim beramiz. So‘ngra o‘zimiz ulardan o‘rganamiz. Kim buni xohlamasa, u o‘z zamonidan ortda qoladi.
Ta’limning yagona maqsadi insonning yo‘qolgan tabiatini topishdir.
Qiyin fanning o'zi yo‘q, ammo biz shunchaki bilmaydiganlar behisob, undan-da ko‘proq yomoni, uzuq-yuluq, hatto noto‘g‘ri o‘zlashtirilgan bilimlar mavjudligi. Mana shu noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘proq to‘xtatib qo‘yadi va adashtiradi.
Ishim qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik ko‘p o‘rganaman.
Tartib aniq tushunishga yordam beradi.