Ta'lim

Ta'lim mavzusida 44 ta aforizma.

Ilm — inson uchun eng oliy ziynatdir.
Bilim — kuchdir, ammo uni to‘g‘ri ishlatish — donolik.\n
Yaxshi do‘stlar, qalbni boyituvchi kitoblar va pok vijdon — haqiqiy baxt manbai.
Chet tilida so‘zlashish - uning dunyosi va madaniyatini egallash deganidir.
Biz kimlardan o‘rgansak, ularni ustozlarimiz deb ataymiz, lekin bizga ta’lim beradiganlarning barchasi ham bu nomga munosib emas.
Chinakam o‘quvchi ma’lum bilimlar yordamida noma’lum jihatlarni o‘rganishga intiladi va shu orqali o‘qituvchisiga tobora yaqinlashib boradi.
Kim shogirdlik qilmagan bo‘lsa, u hech qachon ustoz bo‘lolmaydi.\n\n
Shirinliklar, pechene va konfetlar bilan bolalardan sog‘lom insonlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. Jismoniy ozuqa kabi, ma’naviy ozuqa ham oddiy va to‘yimli bo‘lishi lozim.
Ota-onalarning birinchi muammosi - farzandlariga madaniyatli jamiyatda o‘zlarini qanday tutishni o‘rgatish; ikkinchisi esa - o‘sha madaniyatli jamiyatni topish.\n\n
Tarbiyalash - hayotga tayyorlash deganidir...
Bolalar ko‘pincha kattalardan aqlliroq va har doim samimiy bo‘ladi.
O‘rtamiyona o‘qituvchi ma’ruza qiladi. Yaxshi o‘qituvchi tushuntiradi. Ajoyib o‘qituvchi namoyish etadi. Buyuk ustoz ilhom beradi.
Ta’limning inson uchun eng buyuk ne’mat ekanligini isbotlashga hojat yo‘q. Ta’limsiz odamlar qo‘pol, qashshoq va baxtsiz bo‘ladilar.
Ta’lim - aqlning ko‘zgusi.
Bolalarga o‘rgatiladigan fanlar ularning yoshiga mos kelishi lozim, aks holda ularda aqlparastlik, modaparastlik va shuhratparastlik rivojlanib qolishi xavfi mavjud.
Qarshi chiqishga moyil va ko‘p vaysaydigan kishi zarur bo‘lgan bilimni o‘rganishga qodir emas.
O‘ylamasdan o‘qish bekorchilik, lekin o‘qimasdan o‘ylash ham xatodir.
Maktab bizni mavjud bo‘lmagan dunyoda yashashga tayyorlamoqda.
O‘quvchi o‘qituvchini namuna sifatida ko‘rsa-yu, raqib deb bilmasa, hech qachon undan o‘zib keta olmaydi.\n\n
Tarbiya va ta’lim bir-biri bilan bog'liq. Bilim bermasdan tarbiyalash mumkin emas, har qanday bilim esa tarbiya bilan boshlanadi.