Quvonch

Quvonch mavzusida 65 ta aforizma.

Sayohatlar seni gapira olmaydigan qilib qo‘yadi, keyin esa eng zo‘r hikoyachiga aylantiradi.\n\n
Sayohatga sarmoya kiritish o‘zingizga olam-olam baxt keltirishdir.
Muhabbat - eng yaxshi kosmetika.
Sevimli bo‘lish uchun eng yaxshisi go‘zal bo‘lishdir. Lekin go‘zal bo‘lish uchun sevilish kerak.
Muhabbat bilan uchrashganda hamma shoirga aylanadi.
Tabassum - muhabbatning boshlanishi.
Muhabbat - bu ikki kishining bir butun bo‘lishidir. Erkak va ayol farishtaga aylanganida. Bu - samoning o‘zi!
Baxtli bolaning ko‘zlari charaqlab turadi. U bu dunyoga ochiq qalb bilan kelib, o‘zi bilan sehrli olam olib kiradi.
Bola farishtadek pok, ochilgan guldek tarovatli.
Sen kim bo‘lishing menga noma’lum, ammo shuni bilamanki, sen men uchun bor-yo‘g‘im bo‘lasan.
Ba’zida menga mo‘jiza kerak bo‘lganda, qizimning ko‘zlariga qarayman va u menda allaqachon borligini tushunaman.
Optimizm baxt ohanrabosidir. Agar siz ijobiy kayfiyatingizni saqlab qolsangiz, yaxshi narsalar va yaxshi odamlar o‘z-o‘zidan sizga hamroh bo'ladi.
Baxt - bu tasodif emas, balki tanlov.
Hayotdagi maqsadim nafaqat yashash emas, balki muvaffaqiyatga erishish, buni ehtiros, mehr-shafqat, hazil-mutoyiba va o‘ziga xos uslub bilan amalga oshirishdir.
O‘zingizni sevish - bu umr bo‘yi davom etadigan romanning boshlanishidir.
Shunday kun keladiki, atrofingga boqib, baxt aynan sen bilan birgaligini tushunib yetasan.
Endi eng baxtli lahzalar haqida o‘yla! Bu xuddi qanotlaring bordek gap.
Yaxshi fikrlaring bo‘lsa, ular quyosh nurlari singari yuzingda porlab turadi va sen doimo go‘zal ko‘rinasan.
Agar tabassumsiz odamni ko‘rsangiz, unga quvonch hadya eting.
Dunyoni quyosh nuri bilan to‘ldira oladigan yagona inson sen ekanligingni unutma.