Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Quvonch
Quvonch
Quvonch mavzusida 65 ta aforizma.
Oilaning o‘rnini hech nima bosa olmaydi. Shuning uchun, oila qurishdan oldin, siz uchun nima muhimroqligini o‘ylab ko‘ring - hammasi yoki oila.
Hayot tuyg‘usi o‘z-o‘zidan zavq bag‘ishlaydi, chunki hayot tabiatan ezgulik chashmasidir.
Yaxshilik qilsam, o‘zimni yaxshi his qilaman. Yomon ish qilsam, o‘zimni yomon his qilaman. Mana mening dinim.
Shunday yashaginki, odamlar sen bilan yuzma-yuz kelganda tabassum qilsin, har bir so‘zing esa ularni oz bo'lsa ham baxtli qilsin.
Bu hayotda qanday yiqilishning ahamiyati yo‘q. Qanday ko‘tarilish muhim.
Bizning hayotimizda sevgan kasbimiz bilan shug‘ullanish, kimnidir sevish va nimadandir umid qilsak, quvonch hamrohimizga aylanadi.
Uning uchun hayotda faqat ikki sevimli lahza qoldi: katta shaharga yaqinlashayotgan va uni tark etayotgan damlar.
Sayohat paytidagi hayot - bu sof ko‘rinishdagi orzu.
Yasha, sayohat qil, hech nimadan afsuslanma va taqdirga shukr qil.
Sayohat qilgan odamgina yangi yo‘llarni ochadi.
Boshingizni eski, tanish yostiqqa qo‘ymaguncha, sayohatning qanchalik ajoyib ekanligini tushunib yetish qiyin.
Narigi qirg‘oqdan oy nur sochib turganini ko‘rib, o‘zgarib ketdim.
Yevropada ko‘plab insonlar bilan uchrashganman. Hattoki o‘zimni ham tanib olishga muvaffaq bo‘ldim.
Uzoq va tez sayohat qilishni istaysizmi? Yengil yuring. Hasad, toqatsizlik, xudbinlik va qo‘rquvlardan xalos bo‘ling.
Sayohat qilish - bu yashash demakdir.
Yilda bir marta bormagan joyingga bor.
Maqsad - biror joy emas, balki dunyoni boshqacha ko‘ra olish qobiliyatidir.
Haqiqiy sayohatchi ma’lum bir joyga borish uchun aniq reja va maqsad tutmaydi.
Sayohat qilish - bu rivojlanish demakdir.
Bunda qandaydir sehrli narsa bor: bir inson bo‘lib ketib, butunlay boshqa inson bo‘lib qaytasan.
2 / 4