Ong

Ong mavzusida 53 ta aforizma.

Ayollar o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa shuki, sizga hech kim hokimiyat bermaydi. Siz uni o'zingiz olasiz.\n\n
Qirolichadek o‘yla. Qirolicha muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydi. Omadsizlik buyuklik sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.
Kechagi kun bugungi kunda qaraganda juda ko‘p vaqt egallashiga yo‘l qo‘ymang!\n\n
Ilhom faqat ish jarayonida keladi.
Odamlar siz aytgan gaplarni, qilgan ishlaringizni unutadi, lekin siz haqingizda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otganingizni hech qachon unutmaydi.
Harakat intellektning real o‘lchovidir.
Odamlarni muhokama qilishni boshlasangiz, ularni sevishga vaqtingiz qolmaydi.
Hech narsa o‘qimaydigan kishi, faqat gazeta o‘qiydigan odamdan ko‘ra bilimdonroqdir.
Buyuk ishlarni bajarish kerak, mulohaza qilish kerak emas.
Bir kun kelib yaxshi bir ish yaratmoqchi bo‘lsang, shuni yodingda tut - o‘sha ajoyib kun aynan bugundir.
Biror kishiga o‘z fikringizni bildirmasdan avval, u buni qabul qila olish, olmasligini o‘ylab ko‘ring.
Hayotimizdagi o‘zgarishlar o‘z tanlovlarimiz va qarorlarimizning natijasidir.
Hayot qora va oq yo‘llardan iborat zebra emas, balki shaxmat taxtasi kabidir. Bu o‘yinda har narsa sening yurishingga bog‘liq bo‘ladi.
Men hech narsadan afsuslanmayman - bu bema’ni tuyulsa ham.
Uyqusizlik muammo emas. Muammo shundaki, ertalab nima uchun uyg‘onishingizni bilmaysiz.
Ongingizda ko‘rayotgan manzara vaqt o‘tishi bilan hayotingizga aylanib boradi.
Pessimist har bir imkoniyatda qiyinchilik ko‘radi; optimist esa har bir qiyinchilikda imkoniyat topadi.
Tinglay olsang, hatto yomon so‘zlovchilardan ham foyda topasan.
Tana ko‘p narsaga chidash beradi. Shunchaki ongingizni bunga ishontirishingiz kerak, xolos.
Vaqtni behudaga sarflash ham mumkin, yaxshi yashashga ham. Faqat oldinga yurish kerak!