Muvaffaqiyat

Muvaffaqiyat mavzusida 131 ta aforizma.

Hayotda bir marta ham yiqilmaslik eng katta yutuq emas. Eng muhimi, har safar o‘rnidan turib ketishdir.
Sen genetikam yomon, moddalar almashinuvim yaxshi emas deyishing mumkin, lekin buning o‘rniga shunchaki divandan turib, o‘z ustingda ishlashni boshlashing, maqsad qo‘yib, o‘zingga ishonishing mumkin. Bunday holda sen, albatta, muvaffaqiyatga erishasan.
Hech qachon hamma narsani bilaman deb o‘ylamang. Sizni qanchalik yuqori baholamasinlar, o‘zingizga: \"Men nodonman,\" deyishga hamisha jur’atli bo‘ling.
Mag‘lubiyat mag‘lubiyat emas, agar siz uni ongingizda tan olmasangiz.
Harakatlar qilishning qanchalik muhimligidan hayratga tushdim. Faqat bilishning o‘zi yetarli emas ekan, bilimni qo‘llash zarur. Biror narsani shunchaki xohlashning o‘zi kamlik qiladi, uni amalga oshirish kerak.
Men vaziyat qurboni emasman, men o‘z qarorlarim natijasiman.
Maqsadning aniqligi barcha yutuqlarning boshlang‘ich nuqtasidir.
Ular: \"Qanday qilib o‘n besh daqiqada hamma ishni uddalay olasan?\" deb so‘rashadi. Men javob beraman: \"Bu oddiy. Bir soniyani ham behuda o‘tkazmaslik kerak.\"
Muvaffaqiyat - bu optimizmni yo‘qotmasdan mag‘lubiyatdan mag‘lubiyatga o‘tish qobiliyatidir.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizning qaroringiz hamma narsadan muhimroq degan fikrga doimo ishoning.
Zaif odamlar umr bo‘yi boshqalardan kam bo‘lmaslikka harakat qilishadi. Qanday bo‘lmasin, hammadan zo‘r bo‘lish kerak.
Ilm - tartibga solingan bilimlar, donishmandlik esa - tartibga solingan hayotdir.
G‘alaba - bu hali hammasi emas, hammasi - bu doimiy g‘alaba qozonish istagi.
Men hech qachon o‘zimni oqlamaganim va boshqalarning bahonalarini qabul qilmaganim uchun muvaffaqiyatga erishdim.
Chet tilida so‘zlashish - uning dunyosi va madaniyatini egallash deganidir.
G‘alaba qozonish uchun avvalo o‘ynash kerak.
Mehnat bilan hammasini yengib o'tish mumkin.
Qilayotgan har bir ishni, hatto aqlsizlik bo‘lsa ham, yaxshilab bajarish kerak.
Hayot kino emas, undagi voqealar rivojini kuzatish ancha murakkab, xatti-harakatlarning sabablari ba’zan yashirin yoki soxta bo‘ladi. Ma’no faqat sening shaxsiy his-tuyg‘ularingda - baxt hissidan tashqari hamma narsa nisbiydir. Yoki baxtsizlik hissi.
Biz o‘zimizni nimaga erishishga qodir ekanligimizga qarab baholaymiz; boshqalar esa bizni nimaga erishganligimizga qarab baholaydilar.