Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Muvaffaqiyat
Muvaffaqiyat
Muvaffaqiyat mavzusida 131 ta aforizma.
Mehnat qiling! Dangasalik bilan yashashni istaganlar uchun dunyo jannatga aylanmaydi.
Mehnat barchasini yengadi.
Baxt ko‘p mehnat qilgan odamga nasib etadi.
Shuhrat - mehnat qo‘lida.
Har qanday mehnat va ishda erishilgan muvaffaqiyat odamlar o‘rtasida o‘zaro hasadni keltirib chiqaradi. Bu esa behuda urinish va ruhiy azobdan boshqa narsa emas!
Jismoniy mehnat ezgulikka xizmat qiladigan ishdir.
Kim tirishqoq bo‘lsa, yashash imkoniyatiga ega bo‘ladi, kim tirishqoq bo‘lmasa, yashash imkoniyati qiyin kechadi.
Qancha yashashimizni bilmaymiz; yashaganimizni isbotlaydigan ishlarni qoldiraylik!
Buyuk insonlarni mehnat quvvatlantiradi.
Hayotda hech nima katta mashaqqatsiz qo‘lga kiritilmaydi.
Mehnat shunday bo'lsinki, ham foyda va sharaf bo‘lsin.
Barchasini mashaqqatli mehnat yengadi.
Mehnat olijanoblikning yagona unvonidir. Bu ijodkor insonning qudrati va quvonchidir. Mehnat kishilik jamiyati manfaati yo‘lidagi har bir - kamtarona va ulug‘vor ijodiy ishda namoyon bo‘ladi.
Mehnat har qanday boylikning manbaidir. Lekin u bundan ham cheksizroq kuchga ega. U insoniyat hayotining birinchi asosiy shartidir, shu bilan birga mehnat insonning o‘zligini yaratdi.
Mehnat zavqi - bu avvalambor qiyinchiliklarni yengib o‘tish quvonchi, mana, biz jismoniy va ma’naviy kuchimizni sarflab, g‘olib bo‘ldik, uzoq vaqt intilib kelgan cho‘qqiga ko‘tarildik, deb faxr bilan his qilish va boshdan kechirishdir. Mehnat quvonchi - cho‘qqi sari sabot bilan harakat qilishda, tabiat kuchlari ustidan g‘alaba qozonishda.
Muvaffaqiyatli inson bo‘lishga emas, balki qadrli bo‘lishga intiling.
Qo‘lingizdan kelishiga ishonsangiz bas, maqsadga oz qoldi.
Muvaffaqiyat uzil-kesil emas, mag‘lubiyat halokatli emas. Faqat davom etish uchun jasorat kerak.
Bizning hayotimizda sevgan kasbimiz bilan shug‘ullanish, kimnidir sevish va nimadandir umid qilsak, quvonch hamrohimizga aylanadi.
Dunyoga foyda keltirish baxtli bo‘lishning yagona yo‘lidir.
3 / 7