Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Motivatsiya
Motivatsiya
Motivatsiya mavzusida 187 ta aforizma.
Ko‘pincha motivatsiya uzoq davom etmaydi, deyishadi. Ammo tetiklantiruvchi dush bilan ham xuddi shunday sodir bo‘ladi, shuning uchun uni har kuni qabul qilish tavsiya etiladi.
Qo‘lingizdan keladigan hamma narsani qilishni boshlang - hatto orzu qilishingiz mumkin bo‘lgan narsalarni ham. Jasoratda daholik, kuch va sehr bor.
Poyezdlar juda ajoyib, men ularni hamon yaxshi ko‘raman. Poyezdda sayohat qilish - bu tabiatni, odamlarni, shahar va cherkovlarni, daryolarni ko‘rish, aslida bu hayot bo‘ylab sayohatdir.
Sayohat - sarflagan pulingiz evaziga sizni qalban boy qiladigan tuyg'u.
Yasha, sayohat qil, hech nimadan afsuslanma va taqdirga shukr qil.
Biz go‘zallikni topish uchun dunyo bo‘ylab sayohat qilamiz; uni o‘zimizda saqlamasak, u bizga o‘zini namoyon etmaydi.
Sayohat qilgan odamgina yangi yo‘llarni ochadi.
Boshingizni eski, tanish yostiqqa qo‘ymaguncha, sayohatning qanchalik ajoyib ekanligini tushunib yetish qiyin.
Narigi qirg‘oqdan oy nur sochib turganini ko‘rib, o‘zgarib ketdim.
Insonlar o‘zlarini faqat sarguzashtlar orqali topishi va anglashi mumkin.
Yevropada ko‘plab insonlar bilan uchrashganman. Hattoki o‘zimni ham tanib olishga muvaffaq bo‘ldim.
Uzoq va tez sayohat qilishni istaysizmi? Yengil yuring. Hasad, toqatsizlik, xudbinlik va qo‘rquvlardan xalos bo‘ling.
Sayohat qilish - bu yashash demakdir.
Yilda bir marta bormagan joyingga bor.
Haqiqiy sayohatchi ma’lum bir joyga borish uchun aniq reja va maqsad tutmaydi.
Sayohat qilish - bu rivojlanish demakdir.
Sayohatlar seni gapira olmaydigan qilib qo‘yadi, keyin esa eng zo‘r hikoyachiga aylantiradi.\n\n
Sayohatga sarmoya kiritish o‘zingizga olam-olam baxt keltirishdir.
Chet tilida so‘zlashish - uning dunyosi va madaniyatini egallash deganidir.
Boshqalar uxlayotganda o‘rganing, ular dam olayotganda ishlang, o'zgalar bo‘shashayotganda tayyorlanib turing va boshqalar noliyotganda orzu qiling.
2 / 10