Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Mehnat
Mehnat
Mehnat mavzusida 159 ta aforizma.
Hayotda intilish bo‘lmasa zulmatdir. Har qanday intilish bilim bo‘lmaganda ko‘r bo‘ladi. Mehnat bo‘lmasa, har qanday bilim befoyda. Muhabbat bo‘lmasa, har qanday mehnat samarasiz bo‘ladi.
Mehnatning asosi shundaki, u o‘z-o‘zidan ham maqsad, ham vosita bo‘lib, zavq uning natijalarida emas, balki o‘zida bo‘lishi kerak.
Mehnatsiz iste’dod - mushakbozlikka o‘xshaydi: bir lahza ko‘zni qamashtiradi-yu, so‘ng hech narsa qolmaydi.
O‘z tajribangning bir grammi birovning bir tonna o‘gitidan qimmat turadi.
Boshqalar uxlayotganda o‘rganing, ular dam olayotganda ishlang, o'zgalar bo‘shashayotganda tayyorlanib turing va boshqalar noliyotganda orzu qiling.
Mehnat bilan hammasini yengib o'tish mumkin.
Qilayotgan har bir ishni, hatto aqlsizlik bo‘lsa ham, yaxshilab bajarish kerak.
Mehnat qil, mehribon bo‘l, hayoting go'zal bo'ladi.
Hayotimizning ma’nosi uzluksiz harakatdir.
O'zing o'ylaganingdan ko'ra, kuchli insonsan. Barchaning qo'lidan kelgan ishni, sen ham a'lo darajada uddalay olasan.
Muvaffaqiyatli biznes yuritishga harakat qilayotganlarning hammasi ham chayqovchilar emas.
Biznes - shafqatsiz o‘yin. Bu yerda zaiflar yutqazadi.
Kimningdir ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan biznes odatda muvaffaqiyatli bo‘ladi; foyda olishga qaratilgan biznes kamdan-kam hollarda muvaffaqiyatga yuz tutadi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun, birinchi navbatda, qo‘limizdan kelishiga ishonishimiz kerak.
Narigi qirg‘oqqa o‘tish uchun jarlikdan o‘tish kerak. Mashaqqatli yo'ldan keyin rohat keladi.
Biror narsani qattiq xohlaganingizda, borliq sizning istagingiz amalga oshishiga yordam beradi.
Rim bir kunda qurilgan emas. To‘laqonli, mazmunli hayot ham aynan shunday.
Aynan nima qilayotganing muhim emas, muhimi, qo‘ling teggan har bir narsa shaklini o‘zgartirishi, avvalgidek bo‘lmasligi, unda sening mehnating qolishi kerak. Maysazorda shunchaki o‘t o‘rayotgan odam bilan haqiqiy bog‘bon o‘rtasidagi farq ana shunda.
Agar parvardigor senga yordam berishini istasang, avvalo o‘z kuchingni sarflashing kerak.
Qancha ko‘p qiyinchiliklarni yengsak, kelajagimiz mustahkam va barqaror bo'ladi.
6 / 8