Mehnat

Mehnat mavzusida 159 ta aforizma.

O‘zingizda moslashuvchanlik va kuchni to‘g‘ri safarbar etish - bu uzoq, baxtli va sog‘lom, mazmunli hayotning garovi va asosiy shartidir.
Barcha o‘tib bo‘lmas devorlar oddiy va \"tushunarli\" g‘ishtlardan iborat.
Hech kim orqaga qaytib, hammasini boshidan boshlay olmaydi, lekin har qanday odam bugun boshlay olishi va yaxshi natijalar oilshi mumkin.
Kimdir bugun soyada dam olmoqda, chunki ku ko‘p yillar oldin daraxt ekkan.
Maqsad qo‘yish ko‘rinmas narsani ko‘rinadiganga aylantirish uchun birinchi qadamdir.
Ishni har doim shubha tug‘diradigan narsadan boshlash kerak.
Harakatni boshlash eng qiyini, qolgan hamma narsa faqat qat’iyatga bog‘liq.
Baxt tayyor osh emas. Baxt faqat sizning harakatlaringizga bog‘liq.
Hozir erishganlarimning barchasiga ko‘p mehnat qilganim uchun erishdim. Hech narsa o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. O‘zingizni maqsadga to‘liq bag‘ishlashingiz kerak. Albatta, qisman omad ham kerak.
Imkoniyatingiz bor, demak yutqazmaesiz.
Muvaffaqiyatlilar muntazam ravishda omadsizlar qo‘rqadigan ishlarni qilishga odatlanadi.
Manzilga yetmoq uchun, avvalo, yurish kerak.
Kurash bo‘lmasa, taraqqiyot ham bo‘lmaydi.\n\n
Buyuklik cho‘qqilariga mashaqqatli yo‘l olib boradi.
Har bir zarba meni keyingi raundga yaqinlashtiradi.
Muvaffaqiyatni nishonlamoq yaxshi, ammo muvaffaqiyatsizliklardan saboq olish undan ham muhimroq.
Bizning eng katta shon-shuhratimiz hech qachon yiqilmaslikda emas, balki har safar yiqilganimizda o‘rnimizdan turishimizda.\n\n
Agar siz katta ishlarni qila olmasangiz, kichik ishlarni keng ko‘lamda bajaring.
Yutuqlaringiz, qanday bo‘lishidan qat’i nazar, qadrlang, ulardan foydalaning, lekin shu bilan cheklanib qolmang.
O‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘ying va unga erishmaguningizcha to‘xtamang!