Kamchilik

Kamchilik mavzusida 87 ta aforizma.

Haqiqatni do‘stidan eshitishni istamaydigan insonga hech nima yordam bera olmaydi.
Arzimagan narsalarga ahamiyat berish – dunyoqarashi tor odamlarning ishi.
O‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan takabbur odamlarni juda yoqtirmayman. Ularga bir so‘m berib, o‘zingning qadr-qimmatingni bilsang, qaytimini qaytarasan, deging keladi...
Arzimagan ishlarga beparvo bo‘lgan kishiga muhim ishlarni ishonib topshirib bo‘lmaydi.
Menga yolg‘on gapirganingdan xafa emasman, bundan keyin senga ishonolmasligimdan xafaman.
Tilanchi har doim o‘ziga tanga tashlagan odamga hasad qiladi.
Minnatli yaxshilikning kki yo‘li bor: savob ishni odam ajratib qilish va minnatdorchilik kutish.
Minnatdorchilik – eng subyektiv tuyg‘ulardan biridir. Har kim o‘zgani men uchun qilganidan ko‘ra, men u uchun ko‘proq ish qildim, deb o‘ylaydi va shuning uchun o‘zganing emas, o‘zining minnatdorchilikka loyiqroq ekaniga ishonadi. Shu sababli, u minnatdorchilik bildirish o‘rniga, minnatdorchilik kutadi.
Yaxshilik qilganda, noshukrlikka tayyor tur.
Shukronalik - bu ruhiy ko‘tarinkilik. Noshukurlik esa qalb yarasi.
Insoniy nonko‘rlik chegara bilmaydi.
Noshukurlik g‘ururning bir ko‘rinishi.
Noshukrlik botqoqlik kabi tubsiz. Farqi shundaki, botqoqlikni tuproq bilan ko‘mib, uni quruqlikka aylantirish qiyin. Noshukrlikni esa hech qachon shukrga aylantirib bo‘lmaydi, bu botqoqqa har qancha yaxshilik tashlasang ham.
Ochko‘zlarning qabihligi nimada? - Ularning noshukurligida.
Ko‘rsatilgan xizmat uchun hisob-kitob qilishda haddan tashqari shoshqaloqlik o‘ziga xos noshukurlikdir.
Bizga hamma narsa berilgan-u, lekin bularning barini o‘z nodonligimiz tufayli boshida unchalik qadrlamaymiz...
Insonning noshukurligi radiatsiyaga o‘xshaydi - bir zumda va uzoq vaqt ta’sir qiladi.
Bir nonko‘rlik ikkinchisini keltirib chiqaradi.
Noshukurlar, avvalo, keragidan ortiq talab qiluvchilardir.
Xushomad - tillo suvi yugurtirilgan so‘zlar, uning ostida esa asl bo‘lmagan metallar yotadi.