Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Muvaffaqiyatga emas, balki u keltiradigan qadriyatlarga intiling.
Dono kishi hamma narsani faqat o‘zidan talab qiladi, pastkash odam esa boshqalardan hamma narsani kutadi.
Hayot yillar soni bilan emas, balki shu yillarda qancha haqiqiy umr borligiga qarab o‘lchanadi.
Qanchalik sekin yurishing emas, balki qancha vaqt to‘xtamasdan davom etishing muhim.
Bolani qorong‘ulikdan qo‘rqqani uchun ayblash to‘g‘ri emas. Haqiqiy fojia - katta yoshli odamning yorug‘likdan qo‘rqishidir.
Ishonishingiz bilanoq qo‘lingizdan keladi, deb o‘ylasangiz - maqsadingizning yarmiga yetib bo‘lgansiz.
Orzularingiz sari ishonch bilan intiling. O‘zingiz tasavvur qilgan hayotni yashang.
Tanqiddan qochishning yagona yo‘li bor: hech narsa qilmang, hech gap aytmang va hech kim bo‘lib qoling.
Zaif odamlar butun umr davomida boshqalardan kam bo‘lmaslikka intiladilar. Kuchli odamlar esa, qanday bo‘lmasin, hammadan a’lo bo‘lishga harakat qiladilar.
Lug‘atimda \"imkonsiz\" degan so‘z yo‘q.
Vaqtingiz cheklangan, uni boshqalarning hayotiga sarfalab o‘tkazib yubormang.
Kimning nomi yomon bo‘lsa, uning hurmatiyam yomon bo‘ladi.
Agar inson boshqariladigan qo‘g‘irchoq yoki biorobotga aylanishni istamasa, u o‘zini rivojlantirishi lozim.
Dunyoni o‘zgartirishni orzu qilgan odam, avvalo, buni qila oladigan odam bo‘lishi kerak.
Men g‘iybat qiluvchilarni hech tushunmayman. Agar birovning joniga tegmoqchi bo‘lsang, u haqda biror haqiqatni aytishning o‘zi kifoya.
Kelajak haqida nosog‘lom fikr yuritgan odamlar bugungi kunni unutadilar. Natijada na bugun, na ertangi kun uchun yashaydilar. Ular go‘yo hech qachon o‘lmaydigandek umr kechiradilar. Ammo jon berganda, aslida umuman yashab o‘tmaganliklarini anglab yetadilar. 
Inson qanchalik sukut saqlasa, shunchalik aqlli so‘zlay boshlaydi. 
Xotini bor erkakni yo‘ldan ozdirish mumkin. Sevgilisi bor erkakni ham boshini aylantirish oson. Ammo sevimli ayoli bor erkakni yo‘ldan urish qiyin.
Boshqalarning aybini muhokama qilishga qiziqishdan avval o‘zingdan boshlasa, shunda boshqalarnikiga yetib ham bormaysan.
Ko‘nglingga yoqadigan ishni tanla! Shunda umring davomida bir kun ham ishlayotgandek bo‘lmaysan.