Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Aqlli insonlar yolg‘izlikdan emas, balki nodonlar keltiradigan shovqin-surondan qochadi.
O‘zingni qo'lga ol! Bulutlar ortida doim yorug‘lik bor.
Biror nimani qattiq istasang, butun koinot sening istaging amalga oshishiga yordam beradi.
Hech qanday iztirob va oh-vohlar, afsus-nadomatlar yo‘q! Faqat sog‘lom fikr va qat’iyat!
Agar yaratgan senga yordam berishini istasang, avval o‘zing harakat qilishing kerak.
Hayot hikmat shu, odamlardan yaxshilikni ol, yomonga sabr qil.
Sen ovchisan yoki ovsar, yo bo'lmasa harakat qilasan yoki orqada charchab sudralib yurasan.
Xushvaqtlik osmondan tushmaydi — biz uni o‘zimiz yaratamiz va qalbimizda yashaydi.
Bu hayotda nimadandir xafa bo‘lish kerakmi? Axir hammasi o‘tadi — bu ham o‘tadi.
Baxtni hatto qayg‘uli va g‘amgin damlarda ham — his qilish uchun: a) hozirgi kun bilan qanoatlanishni bilish; b) “bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi”, deb o‘ylash.
Ko‘pincha shunday bo‘ladi, dunyodagi eng muhim vajsalar aynan arzimas narsadan boshlanadi.
Eng og‘ir vaziyatlar ham insonga ich-ichidan yuksalish imkonini beradi.
Qiyinchiliklar oldida chekinma — ularga tik qara, yengmaguncha hushyorlikni qo'ldan boy berma!
Baxt — passivlik holati. Qanchalik baxtli bo‘lsak, obyektiv dunyoga nisbatan shunchalik sust bo‘lamiz. Qanchalik erkinlashib, aql-idrokka yaqinlashsak, baxtga bo‘lgan ehtiyojimiz shunchalik kamayadi.
Yovuzlik ham ezgulik kabi inson erkinligining mahsulidir. Barcha tirik mavjudotlar orasida faqat inson ba’zan o‘z ixtiyori bilan, ongli ravishda, bilib turib yomonlik qilishga qodir.
Inson ruhi uzoq davom etadigan bir xillikka bardosh bera olmaydi.
Sevganingni sevish oson, ammo sevmaganingni ham oz bo‘lsa-da sevish zarar qilmaydi.
Kuchsiz dushman — biz uchun eng xavfsizidir; hasadgo‘y do‘st esa dushmanlarning eng xavflisidir.
Men vatanimni tanqid qilishni afzal ko‘raman, ranjitishim mumkin, hatto kamsitishim ham mumkin — faqat uni aldamasam bo‘lgani.
Odamlarga nazar tashlang: u umri davomida nimagadir bo‘ysunishni izlaydi.
6 / 87