Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Men hech nimani bilmasligimni bilaman, ammo boshqalar hatto shuni ham bilmaydi.
O'zligingni namoyon qilish uchun ham — gapir!
Har bir insonda quyosh bor — unga porlash imkonini bering.
Yuraging, ruhiyating bo‘lsin — shunda har doim inson bo‘lib qolasan.
Men birovning maqtovi yoki ayblashiga e’tibor bermayman. Shunchaki o‘z his-tuyg‘ularimga ergashyapman.
Notiqona so‘zlash katta san’atdir, ammo qachon to‘xtashni bilish undan ham muhim.\n\n
Foyda keltiruvchi yovuzlik afzalmi yoki ziyon yetkazuvchi ezgulikmi, shuni bilolmadim.\n\n
Arzimagan ishni yengish – katta g‘alaba emas.
Sirkulni qo‘lda emas, ko‘zda tutish kerak: qo‘l faqat bajaradi, ko‘z esa hukm chiqaradi.
Kimki hayotning qadriga yetmasa, unga munosib ham emas.
Yaxshi o‘tgan kun osoyishta uyqu bergani kabi, foydali yashalgan umr ham osoyishta o‘lim baxsh etadi.
Go‘zallik ham ba’zan yomon ishlar uchun xizmat qiladi.
Ishyoqmasni boqaverma, unga fikr yuritish imkonini ber — u baribir birovni yomonlashdan to‘xtamaydi va o‘zining yaramasligini oqlashga doim tayyor turadi.
Kimki obro‘siga tayanib bahslashsa, u aqlini emas, balki xotirasini ishga soladi.
Dushmaning bilmasligi kerak bo‘lgan sirni do‘stingga ham aytma.
Iste’dodli inson boshqalarga qaraganda tezroq va aniqroq fikrlaydi, daho esa boshqalar ko‘rmaydigan dunyoni ko‘ra oladi.
Inson — ba’zan hech qanday sababsiz ham boshqalarga azob bera oladigan yagona mavjudotdir.
Insonning haqiqiy fe’l-atvori aynan e’tibor berilmaydigan mayda-chuydalarda namoyon bo‘ladi.
Biz bor narsalar haqida kamdan-kam o‘ylaymiz, ammo yo‘q narsalar haqida doimo qayg‘uramiz.
Daho bilan telba o‘rtasidagi o‘xshashlik shundaki, ikkalasi ham boshqalardan farqli, go‘yo butunlay boshqa dunyoda yashaydi.