Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Onangizning ko‘zlariga qaraganingizda, bu yer yuzida topilishi mumkin bo‘lgan eng sof muhabbat ekanligini tushunasiz.
Ona hammaning o‘rnini bosa oladigan, lekin uning o‘rnini hech kim bosa olmaydigan insondir.
Onalardagi eng ajoyib xususiyat ham mana shunda: sen qilishing kerakligini bilganing uchun uddalaysan va shunchaki bajarasan. Ona esa seni qo'llab-quvvatlab turadi.
Yaxshilanish - o‘zgarish demakdir, shuning uchun mukammal bo‘lish - tez-tez o‘zgarib turishni anglatadi.
Agar ikkilanayotgan bo‘lsangiz, o‘zgarish yo‘lini tanlang.
Bizni qo‘rqitadigan o‘zgarishlar aslida najotimiz bo‘lishi mumkin.
O‘sish og‘riqli. O‘zgarishlar og‘riqli. Ammo o‘zingga munosib bo‘lmagan joyda qolib ketishdan og‘irroq narsa yo‘q.
Vaqt meni o‘zgartirishi mumkin. Lekin men zamon ortidan yura olmayman.
Omadli insonlarda qo‘rquv ham, shubha ham, xavotir ham bo‘ladi. Ular shunchaki bu tuyg‘ular ularni to‘xtatishiga yo‘l qo‘ymadilar.
O‘zligingcha yasha. Boshqa rollar allaqachon band.
Agar siz o‘zingizga kerak bo‘lmagan narsani sotib olsangiz, tez orada o‘zingizga kerak bo‘lgan narsani sotasiz.
O‘zgarishlardan qo‘rqishimiz kerak emas. Siz turgan hovuzda o‘zingizni xavfsiz his qilishingiz mumkin, lekin agar siz undan chiqishga hech qachon tavakkal qilmasangiz, okean va dengiz mavjudligini hech qachon bila olmaysiz.
Katta xarajatlardan qo‘rqmang, kichik daromadlardan qo‘rqing!
Mayda kamchiliklarga e’tibor bermang, yodda tuting: sizda katta kamchiliklar ham bor.
Eng yoqimlisi - boshqalar sen hech qachon qilmaydi deb o‘ylagan ishni amalga oshirishdir.
Biz o‘zimizdagi kabi kamchiliklarga ega bo‘lgan odamlarga toqat qila olmaymiz.
Har bir inson so‘nggi nafasigacha o‘zgarish va rivojlanish imkoniyatiga ega.
Kechagi kunni qaytarib bo‘lmaydi, lekin ertaga nima bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq.
O‘zgarmasak, rivojlanmaymiz. Agar rivojlanmasak, hayotda yashamaymiz.
Har bir insonda uch xil xarakter mavjud: boshqalar unga nisbat beradigan xarakter; o‘z o‘ziga nisbat beradigan xarakter; va nihoyat, haqiqatdan mavjud bo‘lgan xarakter.