Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Insoniyat
Insoniyat
Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.
Arzimagan narsalarga ahamiyat berish – dunyoqarashi tor odamlarning ishi.
Mag‘rurlik barchamizda bor: farqi qayerda va qachon namoyon bo‘lishida.
Odamlar muhtojlikda toblanib, ozodlik orzusi bilan yashaydilar. Ammo ozodlik kelgach, qanday yashashni bilmay qoladilar.
Hiylakorlar ilmni yomon ko‘radi, soddalar undan hayratlanadi, donolar esa undan foydalanadi.
Men har doim odamlardan faqat yaxshi tomonlarini izlayman — yomon tomonlarini esa ular o‘zlari ko‘rsatadi.
Doim yuqoriga oilb chiqadigan insonlar qurshovida bo'l!. Chunki hayot pastga tortmoqchi bo‘lganlar bilan to‘la.
Ko‘pchilik uch narsadan qo‘rqadi: ishonishdan, haqiqatni aytishdan va o‘zligicha qolishdan.
Arzimagan odamlarga hech qachon qimmatli gaplarni aytmang.
Odamlar ko‘pincha muammolarni o‘zlari yaratadilar: ularni hech kim zerikarli kasb tanlashga, yomon insonga turmush qurishga yoki noqulay poyabzal sotib olishga majburlamaydi.
Qahramonlar ketsa, maydonga masxarabozlar chiqadi.
Endi biz osmonda qushlardek uchishni, suv ostida baliqlardek suzishni o‘rgandik. Ammo bizga hali bir narsa yetishmayapti — yerda odamlardek yashashni o‘rganish.
O‘zini boshqalardan ustun qo‘yadigan takabbur odamlarni juda yoqtirmayman. Ularga bir so‘m berib, o‘zingning qadr-qimmatingni bilsang, qaytimini qaytarasan, deging keladi...
Sen odamlarni o‘z dengizingga qo‘yasan, ular esa suzishni bilmay, hamma narsada seni ayblab cho‘kib ketishadi.
Odamlar \"mumkin emas\", \"qo‘limdan kelmaydi\", \"odobdan emas\" degan so‘zlar bilan o‘z atrofida devor quradilar. So‘ng esa o‘sha devor ortidan mo‘ralab, erkin yashayotgan insonlarga havas qilishadi.
Hammaning miyasi bor, ammo hamma ham uni to‘g‘ri ishlatishni bilmaydi.
Hayot haqiqati shuki, kam bilgan ko‘p gapiradi, ko‘p bilgan esa kam gapiradi.
Odamlardan xafa bo‘lmang, shunchaki jimgina xulosa chiqaring.
Senga intilmagan inson ortidan yugurma — ba’zan eng to‘g‘ri qaror uni tinch qo‘yishdir.
Ko‘z yoshlar zaiflik belgisi emas — uzoq vaqt ichga yutilgan og‘riqning ovozidir.
Dardingizni aytishdan oldin, siringiz begona quloqlarga yetmasligiga ishonch hosil qiling.
10 / 87