Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Odamlar bilan shunday yashaki, do‘stlaring dushman bo‘lmasin, dushmanlaring esa do‘stga aylansin.
Hayot sahna — eng yaxshi joylar ko‘pincha yomon odamlarga nasib qiladi.
Ulug‘likni va’da qilma — uni amalda ko‘rsat.
Hayot o‘yinga o‘xshaydi:kimdir kurashadi,ba’zilar savdolashadi, baxtlilar esa zavq bilan tomosha qiladi.
Ertalab uyg‘onganingizda o‘zingizdan so‘rang: \"Bugun nima qilishim kerak?\" Kechqurun esa o‘zingizdan so‘rang: \"Bugun nima qildim?”
Odamlar nima desa desin, o‘zing adolatli deb bilgan yo‘ldan yur.
Olijanob odam o‘ziga talab qo‘yadi, tuban odam esa boshqalardan talab qiladi.
Ilgari odamlarning gapiga quloq solib, ishlariga ishonardim. Endi esa gapini eshitaman, ishiga qarab xulosa qilaman.
Go‘zallik hamma joyda bor, lekin uni ko‘rish hammaga ham nasib etavermaydi.
Baxt — tushunish; katta baxt — sevish; haqiqiy baxt — sevish va sevilinganingni his qilish.
Odamlar muloqotida uchta xato bor: birinchisi — keragidan oldin gapirish; ikkinchisi — kerak bo‘lganda gapirmaslik;\nuchinchisi — tinglovchini kuzatmasdan gapirish.
Ko‘ngling g‘ashlansa, tabiatga quloq tut! Olam sukunati odamlarning so'zlaridan ko‘ra yaxshiroq tinchlantiradi.
Muvaffaqiyat hech qachon adashmaslikda emas, balki har yiqilganda qayta o‘rindan tura olishdadir...
O‘zingizga yoqadigan ish bilan shug'ullaning! Shunda hayotingizda bir kun ham mehnat qilishingizga to‘g‘ri kelmaydi.
Ilm — inson uchun eng oliy ziynatdir.
Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichar.
Haqiqiy donishmand o‘zini bilimsiz deb biladi.
Kechagi kun bilan yashama, ertangi kundan qo‘rqma — bugun bilan yasha.
Baxt — tayyor osh emas. U siz qilgan ishlaringiz mevasi.
Bilim — kuchdir, ammo uni to‘g‘ri ishlatish — donolik.\n