Idrok

Idrok mavzusida 520 ta aforizma.

Hech kim orqaga qaytib, hammasini boshidan boshlay olmaydi, lekin har qanday odam bugun boshlay olishi va yaxshi natijalar oilshi mumkin.
Kimdir bugun soyada dam olmoqda, chunki ku ko‘p yillar oldin daraxt ekkan.
Bugun boshqalar istamagan ishni qil - ertaga boshqalar qila olmaydigan tarzda yashaysan.
Bugundan hayotingizni o‘zgartiring. Kelajakka umid qilmang, hozirdan, kechiktirmasdan harakat qiling.
Kutib o‘tirmang, o‘sha daqiqa hech qachon kelmaydi.
Liderlar tug‘ilmaydi va hech kim tomonidan yaratilmaydi - ular o‘zlarini kashf etadilar.
Kuch jismoniy imkoniyatlarga bog‘liq emas. Uning manbai bo‘ysunmas irodadir.
Agar muammoni hal qilish mumkin bo‘lsa, tashvishlanishga o'rin yo'q.
Inson aqli nimaiki tushunishga qodir bo‘lsa va nimaga ishonishga qodir bo‘lsa, hammasiga erishish mumkin.
Hamma gap fikrda. Fikr boshlanish demakdir. Fikrlarni ham boshqarish mumkin. Shuning uchun rivojlanishning asosiy vazifasi fikrlar ustida ishlashdir.
Inson qaysi bandargohga yo‘l olayotganini bilmasa, unga hech qanday shamol hamroh bo‘lmaydi.
Orzuning yo‘qligi xalqni halok qiladi.
Men \"ishonch, o‘zini ko'rsatmoq, orzu qilish\" tamoyili asosida yashayman.
Barcha orzularimiz ro‘yobga chiqishi mumkin - faqat ularni amalga oshirishga jasoratimiz yetsa.
Qo‘rqoqlar orzu qilmaydi.
Inson hayotning ma’nosini ko‘rish uchun orzu qilishi kerak.
Orzu qilmasang - aql ham seni tark etadi.
Umr qisqa, ko‘ngilsizliklardan tushkunlikka tushaverma! Aks holda hayoting yig‘i-sig‘i bilan o‘tganini bilmay qolasan. Har bir kuningdan zavq olib yasha!
Osmonda boqiy uchaman deb, o'ylamang. Hech nima abadiy emas. Ertaga qanday qilib yerga umrbod qulaganingizni anglamay ham qolasiz.
Insonlardan umid kutma, parvardigorga ishon va undan so'ra, hamma ishing a'lo bo'ladi.