Idrok

Idrok mavzusida 520 ta aforizma.

Men rejali insonman. Har doim maqsadni tasavvur qilib, unga intilaman. Ishonchim komilki, ko‘p mehnat qilsang, ko‘p pul topasan. Sening qo‘lingdan hamma ish keladi.
Muvaffaqiyatli bo‘lish uchun xudbin bo‘lish kerak. Aks holda hech narsaga erisha olmaysiz. Maqsadingiz cho‘qqisiga yetganingizdan so‘ng, beg‘araz bo‘ling. Atrofdagilar bilan aloqada bo‘ling, o‘zingizni boshqalardan ustun qo‘ymang.
Agar hayotda o‘z maqsadingiz bo‘lmasa, unda kimning maqsad bo‘lsa, o‘sha odam uchun ishlaysiz.
O‘z oldimizga imkoniyatimizdan yuqori vazifalarni qo‘yishimiz kerak.
Hayotda o‘z oldiga ma’lum bir maqsad qo‘yish kerak... Buning uchun kuchingiz yetadigan vazifalarni qo‘yish, sog‘lom fikrga ega bo‘lishingiz kerak.
Maqsad bilan yashashni boshlaganingizda, barchasi o‘z joyiga tushishni boshlaydi. Maqsad bilan yashash - bu o‘zing sevgan, yaxshi biladigan va muhim deb bilgan ishlarni qilish demakdir.
Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik o‘rtasidagi farq qobiliyat yoki noyob g‘oyada emas, balki o‘z g‘oyalariga ishonch bildirish, tavakkal qilish va harakat qilishdadir.
Kim bo‘lsang ham - yaxshi bo‘l.
Ildam bo'l! Agar sustkashlik qilsang - maqsadga erisha olmaysan. Sust odamning ishi o‘ngidan kelmaydi.
Betakror bo‘lish uchun har doim boshqacha bo‘lish kerak.
Qolgan umrimni bor imkoniyatimdan kelib chiqib, mazmunli o‘tkazishga qaror qildim.
Agar ketayotgan yo‘lingiz sizga yoqmasa, boshqa yo'ldan yurib ko'ring.
O‘ylashimcha, o‘zi haqida samimiy gapirish odamni sarxush qiladi.
Kichkina chiroqni maxkam tut, uni kichik deb, e'tiborsiz qoldirma!
Qat’iyatsizlik noto‘g‘ri qaror qabul qilishdan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.
Behuda narsalardan voz keching, muhim ishlarni keyinga qoldirmang, vaqtingizdan unumli foydalanib zavqlanib yashang.
Qo'lga kiritilgan oltin medallar muhim emas. Har birimizning ichimizda ko‘zga ko‘rinmas, qalb nidosi muhim.\n\n
Eng yaxshi yo‘l - har doim shu yo‘ldan o‘tish.
Biz o‘zimizni ko‘ra olsakkina boshqalarni ham ko‘ra olamiz.
Hayotdagi eng muhim ikki kun - bu tug‘ilgan kun va nima uchun tug‘ilganni anglash.