Hayot

Hayot mavzusida 661 ta aforizma.

Hamma odamlar xato qiladi, lekin yaxshi odam o‘zining nohaqligini tan oladi va yomonlikni tuzatadi. Yagona xato - bu kibr.
Kimki sevishdan va xato qilishdan to‘xtasa, u o‘zini tiriklayin ko‘mgan bo'ladi.
Eski xatolarni to‘g‘rilash ko‘pincha yangilarini qilishdan qimmatroqqa tushadi.
Agar insoniyat o‘z xatolaridan saboq olishi rost bo‘lsa, bizni porloq kelajak kutmoqda.
Birining xatosi ikkinchisiga saboq.
Xato qilish qo‘rquvidan cho‘chimaslik kerak, eng katta xato o‘zini tajribadan mahrum etishdir.
Zaiflar ko‘pincha shafqatsiz bo‘ladilar, chunki ular o‘z xatolarining oqibatlarini bartaraf etish uchun hech nimadan tap tortmaydilar.
Ilgari bo‘lgan xatolarni takrorlashimizga hojat yo‘q.
Hamma o‘zining xatolarini tajriba deb ataydi.
Yanglishmaydigan odam xato qilgan odamdan buyruq oladi.
Biror nima qilmagan odam hech qachon xato qilmaydi.
Kimki boshqalarsiz ham yashay olaman, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi; lekin kimki boshqalar mensiz yashay olmaydi, deb o‘ylasa, undan ham ko'p yanglishadi.
Haddan tashqari aqllilar bilan muomala qilish zerikarli. Ularga hamma narsani biladigandek tuyuladi va shuning uchun xato qilishadi.
Ko‘zgu to‘g‘ri aks ettiradi, u xato qilmaydi, chunki u fikrlamaydi. O‘ylash deyarli har doim xato qilish demakdir.
Dunyoda mutlaqo noto‘g‘ri narsa yo‘q - hatto buzilgan soat ham kuniga ikki marta to‘g‘ri vaqtni ko‘rsatadi.
Xato qilish - insonning, kechirish - xudoning ishi.
Xato qilmagan odamlar hech qachon yangi ishlarni sinab ko‘rmagan bo'ladi.
Qamoq - bu qo‘rquv. Erkinlik esa qo‘rquvdan xalos bo‘lish.
Umrimning oxirigacha mahbus bo‘lgandan ko‘ra, ozodlik uchun kurashib o‘lganim afzal.
Ozodliksiz hayot ruhsiz tanaga o‘xshaydi.