Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Hayot
Hayot
Hayot mavzusida 661 ta aforizma.
Sabrli bo‘ling. Barchasi siz tasavvur qila olmaydigan yo‘llar bilan o‘z-o‘zidan bir butun bo‘lib shakllanadi.
Kichkina quvonchlar bilan qalbni to‘ydirish - yashashning eng yaxshi usuli.
Naqadar tor bo‘lar hayot, Umiding quloch yoymasa!
Uzoq yashashni istasangiz, shoshmang!
Sening hayoting - bu sening o‘zingga bo‘lgan munosabating.
Qalbing jonlangan joyda yasha!
Umringga kunlarni emas, kunlaringga umr qo‘sh...
Birovning hayotini tatib ko‘rmang, o‘z hayotingizdan lazzatlaning.
To tirik ekanmiz, yashaylik.
Baxtlilar yashaydi bugun! Qolganlari - goh ertaga, goh kecha...
Sen bu dunyoda boshqalar seni tushunishi uchun emas. Sen o‘zingni anglash uchun yashayapsan.
Agar hayotingda muammolar paydo bo‘lsa, ko'p o'ylanmang. O'ylang. Tanishing. Qo‘yib yuboring.
Hayotda qiyin paytlar kelganda, kitobni yopishga shoshilmang. Shunchaki sahifani oching va yangi bobni boshlang.
Hayotingizda nima bo‘lganining ahamiyati yo‘q, siz har doim boshidan boshlashingiz mumkin.
Aqlingizni kelajakdan, qalbingizni esa o‘tmishdan olganingizda, hozirgi zamonda zavq bilan yashashni boshlaysiz.
Hayot - bu nimani ushlab turish va nimani qo‘yib yuborish o‘rtasidagi muvozanatdir.
Ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Bugunni baxtli o‘tkazish - bizning vazifamiz.
Hayotning eng oddiy qoidasi: o‘zingiz yoqtirgan ishni qiling va o‘zingizga yoqadigan insonlar bilan birga bo‘ling.
Hayotning ma’nosi undan lazzatlanishning o‘z yo‘lini topishdir.
Hayotingiz o‘zgarishi uchun uning asosiga orzuingizni qo‘ying.
10 / 34