Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Hayot
Hayot
Hayot mavzusida 661 ta aforizma.
Har birimiz o‘tmish avlodlar yaratgan g‘oyalar va e’tiqodlar muhitida dunyoga kelamiz.
Axloq yomonlik bilan birga paydo bo‘lgan.
Orzu qilishdan to‘xtasang, yashashdan ham to‘xtaysan.
Hayot shunday - hammasi barbod bo‘lganidan keyin qaytadan yana boshlash kerak.
Bu hayotda biror narsadan xafa bo‘lishga arziydimi? Hammasi o‘tib ketadi, bu ham albatta o‘tadi.
Hayot uchadi; yashashga ishtiyoq bor. Yuraklar ahmoqona optimizm bilan donishmandona pessimizm o‘rtasida ko‘r-ko‘rona uchib yuradi.
Hayotda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ulardan qutulishga faqat ahmoqlik yordam berishi mumkin.
Istagan narsani qo‘lga kiritish mumkin — sigirlar, qalin junli qo‘ylarni, oltin uch oyoqli aravalar, oltin yolli otlarni ham sotib olish mumkin. Ammo hayotni qaytarib bo‘lmaydi.
Hayotning saboqlaridan biri, ba’zan ahmoqlar ham haq bo‘lib chiqadi.
Hech kim kalitsiz qulf yasamaydi, hayot ham yechimsiz muammo bermaydi.
Hayot — lahza. Uni avval qoralamada yashab, keyin esa oqqa ko‘chirib bo‘lmaydi.
Taraqqiyot yo'lida to‘xtab qolgan hayotni buzilgan deb hisoblash mumkin.
Hayotni ikki xil yashab o‘tish mumkin. Birinchisi — mo‘jizalar bo‘lmaydi, deb hisoblash. Ikkinchisi — har bir hodisani mo‘jiza deb bilish.
Hayot — sirli, anglab olish darkor!
Hayot juda jiddiy, ammo u haqida haddan tashqari jiddiy gapirishning hojati yo‘q.
Hayot faqat o‘rganuvchilargagina ta’lim beradi.
Agar hayot sizga kulib boqishini istasangiz, avvalo unga yaxshi kayfiyatingizni hadya eting.
Keng ma’noda olganda, hayot fakt va hodisalardan iborat emas. U asosan insonning xayolidan tinimsiz kechadigan fikrlar to‘fonidan tarkib topgan.
Hayotning ma’nosi yo‘q, o'zim unga mazmun kiritishim kerak.
Hayotdagi eng katta g‘alaba — salbiy tafakkur ustidan g‘alaba qozonishdir.
1 / 34