Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Baxtsizlik
Baxtsizlik
Baxtsizlik mavzusida 22 ta aforizma.
Baxtsiz taqdilarrda ham baxtli bo'lish uchun yo'l topiladi.
Nima bo‘lsa ham uylan: xotining yaxshi bo‘lsa — baxtli bo‘lasan, yomon bo‘lsa — faylasufga aylanasan.
Baxtsiz baxtli bo‘lishi mumkin, nomussiz - hech qachon!
Inson o‘zini nima baxtsiz qilayotganini bila turib, baribir o‘zini o‘zi baxtsiz qilaveradi.
Baxtsizlar orasida o‘zidan xafa bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Pul baxt keltirmaydi, lekin muhtojlarga yordam beradi.
Xayolan baxtsiz odam hayotda ham baxtsiz bo‘ladi.
Baxtli odamlar — o‘z taqdirining temirchisi, baxtsizlar esa — hayot temirxonasidagi bolg‘ayu sandon.
Birovning baxtini tortib olish bilan o‘zingniki ko‘payib qolmaydi.
Ko‘plab ayollarga ega bo‘lgan, ammo yagona ayoli bo‘lmagan erkak - baxtsizdir.
Baxtsizlikni ham, baxtli ham - inson o‘zi yaratadi.
Baxtsiz bo‘lish qanchalik oson va baxtli bo‘lish qanchalik qiyin...
Baxtli odam baxtsiz odamga aql o‘rgatishi oson.
Jahannam ezgu niyatlar-la to‘lib-toshgandur, arshi a’lo esa yaxshi amallar ila!\"
Baxtlilar bugundan yashaydi! Qolganlari - goh ertaga, goh kecha...
Unutganlar baxtlidir, chunki ular o‘z xatosini eslamaydi.
Kimki boshqalarsiz ham yashay olaman, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi; lekin kimki boshqalar mensiz yashay olmaydi, deb o‘ylasa, undan ham ko'p yanglishadi.
Mening xatoyim shunda ediki, faqat gullaydigan daraxtdan meva kutganim.
Yagona xato - o‘tmishdagi xatolarni to‘g‘rilamaslik.
Endi tushundimki, odamni yoqtirishing yoki yoqtirmasligingni bilishning eng to‘g‘ri yo‘li u bilan sayohat qilish ekan.
1 / 2