Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Zaiflar ko‘pincha shafqatsiz bo‘ladilar, chunki ular o‘z xatolarining oqibatlarini bartaraf etish uchun hech nimadan tap tortmaydilar.
Ilgari bo‘lgan xatolarni takrorlashimizga hojat yo‘q.
Tajriba - bu yo‘l qo‘yilgan, qilinmagan xatolar yig‘indisidir.
O‘z xatolarini tan olmoq jasoratdir.
Inson o‘z xatosini tan olishi uyat emas.
Haqiqatni topishdan ko‘ra xatoni topish ancha oson.
Hamma o‘zining xatolarini tajriba deb ataydi.
Yanglishmaydigan odam xato qilgan odamdan buyruq oladi.
Biror nima qilmagan odam hech qachon xato qilmaydi.
Kimki boshqalarsiz ham yashay olaman, deb o‘ylasa, qattiq yanglishadi; lekin kimki boshqalar mensiz yashay olmaydi, deb o‘ylasa, undan ham ko'p yanglishadi.
Xatoga yo‘l qo‘yish va uni anglash donolikdir. Xatoni anglab, uni yashirmaslik donolikdir.
Har qanday ayolning xatosida erkakning aybi bor.
Haddan tashqari aqllilar bilan muomala qilish zerikarli. Ularga hamma narsani biladigandek tuyuladi va shuning uchun xato qilishadi.
Boshqalarning xatolariga chidamli bo‘l. Balki o‘zing ham adashib dunyoga kelgandirsan.
Xatolarni har doim kechirish mumkin, faqat ularni tan olishga jasorat topilsa.
Mening xatoyim shunda ediki, faqat gullaydigan daraxtdan meva kutganim.
Yagona xato - o‘tmishdagi xatolarni to‘g‘rilamaslik.
Ko‘pchilik erkaklar yonoqdagi kulgichlarni sevib qolib, adashib butunboshli qizga uylanishadi.
Har qanday ehtiros xatolarga undaydi, ammo eng ahmoqona ishlarga muhabbat undaydi.
Hayotda yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan eng yomon xato - doim xato qilishdan qo‘rqish.
28 / 126