Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Eng sara hikmatlar, ma'noli so'zlar, aforizmlar
Bilim — kuchdir.
Hayot bir lahza — uni baxt bilan o‘tkaz.
Ko‘p narsani bilgan odam emas, o‘zini anglagan inson donishmanddir.
Kechagi kun o‘tdi, ertangi kun hali kelmadi — demak, bugungi kun bilan yasha!
Bu dunyoda hech nima abadiy emas — na g‘am, na shodlik.
Ishonch gulga o‘xshaydi, uni avaylash, parvarish qilish kerak, toki u gullasin.
Shifokor ozoda bo‘lishi, yaxshi kiyimlarda yurishi kerak, zero bularning barchasi bemorlarda ishonch uyg‘otadi.
Arzimagan ishlarga beparvo bo‘lgan kishiga muhim ishlarni ishonib topshirib bo‘lmaydi.
Menga yolg‘on gapirganingdan xafa emasman, bundan keyin senga ishonolmasligimdan xafaman.
Donolar sharoitga emas, g‘oyaga tayanadi.
Yetarli darajada ishonmagan odam ishonchga sazovor bo‘lmaydi.
Qiyin ahvolga tushib qolgan odamning maslahatiga hech qachon ishonmang.
Ishonchni sotib olib bo‘lmaydi - uni oqlash kerak.
Ishonch — munosabatlarda ko‘prik qurish uchun asosiy qurilish materialidir.
Baxtsiz baxtli bo‘lishi mumkin, nomussiz - hech qachon!
Inson o‘zini nima baxtsiz qilayotganini bila turib, baribir o‘zini o‘zi baxtsiz qilaveradi.
G‘iybatchilar baxtsiz odamlardir. Bu ularning aybi emas, balosi! Ularning boshqa qiladigan ishi yo‘q...
Baxtsizlar orasida o‘zidan xafa bo‘lganlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Pul baxt keltirmaydi, lekin muhtojlarga yordam beradi.
Ahmoqlar eng baxtli odamlardir. Ularda o‘zlarini baxtsiz qilish uchun yetarli aql yo‘q.
17 / 126