Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Vijdon
Vijdon
Vijdon mavzusida 11 ta aforizma.
Yaxshi do‘stlar, qalbni boyituvchi kitoblar va pok vijdon — haqiqiy baxt manbai.
Toza vijdonli inson uyqusi xotirjam, qalbi ham osoyishta bo‘ladi.
O‘z irodangga egalik qil, vijdoningga xizmat qil — ana shunda haq yo‘ldan adashmaysan.
Vijdonini yo‘qotgan odam hamma narsasidan ajralgan hisoblanadi.
Faqat aql, ilm, iroda va vijdon insonni yuksaltiradi. Boshqacha yo‘l bilan yuksalish mumkin deb o‘ylash esa faqat nodonning ishidir.
Zakovatdan ulug‘roq boylik, jaholatdan yomonroq qashshoqlik, odob-axloqdan afzalroq meros yo‘qdir.
Vijdon – insonning hayvondan farqini isbotlovchi dalildir.\n\n
Pok vijdon — ko'ngilsiz xotiralarga oynadir.
Inson halol bo‘lsa, boshqalarni vijdonsizlikda gumon qilishga shunchalik kam moyil bo‘ladi.
Or-nomus — insonning tashqi vijdoni, vijdon esa uning ichki or-nomusidir.
Libosni yangiligida asra, nomusni yoshlikdan.