Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Tabiat
Tabiat
Tabiat mavzusida 93 ta aforizma.
Kuz - bu har bir barg gul bo‘lgan ikkinchi bahordir.
Har kuzda men yana gullab-yashnayman.
Oktyabrda, barglar sarg‘ayib, qovjirab, so‘lib qolgan kezlarda, yana yorqin kunlar keladi.
Oktyabr oyining boshlarida, erta tongda havo sovuq edi. Bu tong qarsildoq, izg‘irin va tishga tekkan pishgan olmadek shirin tuyulardi.
Kuz har doim menga hamma narsani boshidan boshlash imkoniyati bo‘lib tuyulgan. Tabiatda hamma narsa aksincha ekanligini tushunaman. Barglar to‘kiladi, gullar so‘ladi, qish yaqinlashmoqda... lekin baribir kuzni yaxshi ko‘raman.
O‘sha oktyabr oyining barchasida men ularni eslab yurdim, chunki aynan oktyabr oyida odamlar uzoq manzillar va u yerlarga eltuvchi yo‘llar haqida o‘y surishadi.
Kuz - yolg‘iz odamlar tamaki tutuni bilan muzlagan yuraklarini isitadigan payt.
Kuzga kelib ikki xil tuyg‘uni his qilaman: go‘yo bu faslni, uning soyabonlarini va oyoqlarim ostidagi qirmizi gilamni yaxshi ko‘raman, lekin ayni paytda kuzdan, aniqrog‘i, xazon ostida tug‘iladigan fikrlardan qo‘rqaman.
Aytgancha, kuzning gullari yoznikiga qaraganda rang-barangroq va yorqinroq bo‘ladi, ammo ular ertaroq so‘lib qoladi.
Agar odamlar bunchalik yovuz bo‘lmaganlarida, atroflarida ko‘plab go‘zalliklarni ko‘rgan bo‘lardilar.
Shunday go‘zal yaratilgan dunyo qanday qilib yomon bo‘lishi mumkin?
Oddiy narsalardagi go‘zallikni boshqalar ko‘rmaydigan joyda ilg‘ay oladigan kishi baxtlidir! Hamma narsa go‘zal, faqatgina sinchkovlik bilan qarashni o‘rganish kifoya.
Har doim ko’zingizni ochib yuring va kuzating. Chunki ko'zingiz ilg'agan manzara sizni ruhlantiradi.
5 / 5