Sayohat

Sayohat mavzusida 64 ta aforizma.

Sayohat paytidagi hayot - bu sof ko‘rinishdagi orzu.
Sayohat - sarflagan pulingiz evaziga sizni qalban boy qiladigan tuyg'u.
Yashagan ko‘pni ko‘radi. Sayohat qilgan undan ham ko‘proq biladi.
Oxirida qayerga borishing emas, balki bu yo‘lda seni qanday sarguzashtlar kutib olishi muhim.
Yasha, sayohat qil, hech nimadan afsuslanma va taqdirga shukr qil.
Biz go‘zallikni topish uchun dunyo bo‘ylab sayohat qilamiz; uni o‘zimizda saqlamasak, u bizga o‘zini namoyon etmaydi.
Sayohat qilgan odamgina yangi yo‘llarni ochadi.
Kuzatish qobiliyatiga ega bo‘lmagan sayyohni qanotsiz qushga o‘xshatish mumkin.
Boshingizni eski, tanish yostiqqa qo‘ymaguncha, sayohatning qanchalik ajoyib ekanligini tushunib yetish qiyin.
Xurofot, toqatsizlik va tor fikrlilik sayohatlarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi.
Odamlar sayohatlarni yaratmaydi, aksincha, sayohatlar insonlarni kashf etadi.
Biz hayotdan qochish uchun emas, balki hayot bizni tark etmasligi uchun sayohat qilamiz.
Insonlar o‘zlarini faqat sarguzashtlar orqali topishi va anglashi mumkin.
Musofirchilikda yurganlarning hammasi ham adashgan emas.
Yevropada ko‘plab insonlar bilan uchrashganman. Hattoki o‘zimni ham tanib olishga muvaffaq bo‘ldim.
Uzoq va tez sayohat qilishni istaysizmi? Yengil yuring. Hasad, toqatsizlik, xudbinlik va qo‘rquvlardan xalos bo‘ling.
Dunyo bir kitobdir, va sayohat qilmaganlar faqat uning birinchi sahifasini o‘qishga ulguradilar.
Sayohat qilish - boshqa mamlakatlar haqidagi barcha tasavvurlarimiz noto‘g‘ri ekanligini anglatadi.
Sayohat qilish - bu yashash demakdir.
Yilda bir marta bormagan joyingga bor.