Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Salomatlik
Salomatlik
Salomatlik mavzusida 29 ta aforizma.
Tajriba bizga shuni o‘rgatadiki, ayol kishining salomatligi va go‘zalligi bir-biriga muvofiq.
Umringni uzaytirmoqchi bo‘lsang, taomingni qisqartir.
Ayolning salomatligi uchun erkaklarning hayratli nigohlari kaloriya beradi.Dorilardan samaraliroqdir.
Tan salomatligidan ortiq boylik yo‘q hamda qalb quvonchidan ortiq quvonch yo‘q.
Inson tabiatiga ko‘ra nafaqat kelajakdagi sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish uchun, balki hozirgi kunda ham o‘zini yaxshi his qilgani uchun me’yorni saqlashga intiladi.
Ovqatni dori o‘rnida yemasang, dorini ovqat o‘rnida yeysan!
Kim jismonan baquvvat bo‘lsa, issiqqa ham, sovuqqa ham chidaydi. Ruhan sog‘lom odam ham g‘azabga ham, qayg‘uga ham, quvonchga ham, boshqa his-tuyg‘ularga ham bardosh bera oladi.
Yaxshiroq bo‘lsang, o‘zing ham yaxshi bo‘lasan.
Dam olishga vaqt topa olmaydigan odamlar ertami-kechmi kasal bo‘lsa shifokorga borish uchun vaqt topadilar.
Salomatligingizni ertalab va bahordan qanchalik quvonishingizga qarab baholang.
Uyqu tabiat malhamidir.
Boshni o‘ylamasdan ko‘zni davolashga kirishish yoki butun organizmni o‘ylamasdan boshni davolash mumkin bo‘lmaganidek, ruhni davolamasdan tanani davolash mumkin emas.
Taom tanovul qilishda boshqalardan ko‘proq yeya bilish nuqson, ozrog‘iga to‘ya bilish fazilatdir.
Donishmand kasalliklarga qarshi vositalarni tanlashdan ko‘ra, ulardan qochishni afzal ko‘radi.
Sog‘lom gado kasal podshohdan baxtliroq.
Parhez taomlarning ta’siri uzoq davom etadi, dorilarning ta’siri esa tez o‘tib ketadi.
Harakat - hayot xazinasi.
Gimnastika, jismoniy mashq, yurish, ish qobiliyatini, sog‘lig‘ini, to‘laqonli va quvnoq hayotini saqlab qolishni istagan har bir kishi kundalik turmushida sport bilan shug'ullaninshi kerak.
Taom shifobaxsh dori bo‘lishi kerak!
Barcha sog‘lom odamlar hayotni sevadi.
1 / 2