O'zlikni anglash

O'zlikni anglash mavzusida 18 ta aforizma.

O‘z yo‘lini topish va hayotdagi o‘rnini anglash — inson uchun eng muhimidir; chunki bu insonning haqiqiy “o‘zi”ga ega bo'lishdir.
Hayotning maqsadi ko‘pchilik tarafida bo‘lish emas, balki o‘zing anglab yetgan ichki qonuniyatlaringga muvofiq yashashdir.
O‘zini hurmat qilish - intizomning asosi: o‘ziga \"yo‘q\" deyish qobiliyati ortib borishi bilan inson qadr-qimmati ham o‘sadi.
Hamma gap o‘zingni sevish va bu sevgini seni qadrlaydigan odam bilan bo‘lishishda.
Qalbingizni oziqlantiradigan biror nima topganingizda, unga joy bo‘shatish uchun o‘zingizga yetarlicha g‘amxo‘rlik qiling.
Biz o‘zimizni chinakamiga sevganimizda, haqiqiy baxtga erishamiz.
Agar siz o‘zingizni sevishni bilmasangiz, kimnidir sevishingiz qiyin bo‘ladi, chunki siz boshqa odamga bergan, lekin o‘zingizga bermagan vaqt va energiyadan g‘azablanasiz.
O‘zingizni sevish - aslida qanday bo‘lsangiz, shunday qabul qilish demakdir.
Agar sen o‘zingni sevmasang, hech kim seni sevmaydi, sen ham hech kimni seva olmaysan.
Hayot - bu shunchaki o‘zingga, orzularingga bo‘lgan ishonch. Sen ham orzusan.
O‘zini sevmoq manmanlik emas. Bu sog‘lom fikr yuritish demak.
O‘z qadringizga yetsangiz, boshqalar siz haqingizda yomon fikrda bo‘lishini bartaraf etasiz.
Boshqalar sizni hurmat qilishini istasangiz, o‘zingizni qadrlang! Faqat shu yo‘l bilan, o‘zingizga bo‘lgan muhabbatingiz bilan boshqalarni hurmat qilishga undaysiz.
Boshqa inson bo‘lish istagi - bu o‘zligingizni yo‘qotishdir.
Avval o‘zingizni seving, qolgan hammasi o‘z o‘rniga tushadi. Bu dunyoda biror nimaga erishish uchun o‘zingizni chindan ham sevish lozim.
Eng dadil harakat - bu o‘zing haqingda o‘ylash. Ochiqchasiga, hammadan yasharmay.
O‘zingizni taqqoslashingiz lozim bo‘lgan yagona shaxs - bu o‘tmishdagi o‘zingiz. Yaxshiroq bo‘lishingiz kerak bo‘lgan yagona kishi - bu ayni paytdagi o‘zingizdir.
O‘ziga bo‘lgan muhabbat - bu bir umrlik romanning boshlanishi.