Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Motivatsiya
Motivatsiya
Motivatsiya mavzusida 187 ta aforizma.
Muvaffaqiyat uzil-kesil emas, muvaffaqiyatsizlik ham to'xtab qolish emas: davom etish uchun jasorat muhim.
Tavakkal qilsakkina, hayotimiz yaxshilanadi. Biz qilishimiz kerak bo‘lgan birinchi va eng qiyin tavakkal - bu halol bo‘lishdir.
Boshqalarga quvonch ulashsangiz, siz undan ham ziyoda quvonch olasiz. Insonlarga qanchalik baxt ulashayotganingizni tasavvur qilib ko'ring.
Muvaffaqiyatingizni kamsitmoqchi bo‘lganlardan uzoqroq yuring. Aqlsizlar doimo shunday qilishadi, ammo aqllilar siz ham buyuk bo‘lishingiz mumkinligini his qilishingizga yordam berishadi.\n\n
Xuddi abadiy yashaydigandek o‘qi, xuddi ertaga o‘ladigandek yasha.
Birinchi qadamni qo‘ysangiz, hammasini eplay olishingizni tushunasiz.
Yashash - nafas olish degani emas, bu harakat qilish degani. Eng ko‘p yashagan umrini sanay oladigan odam emas, balki hayotni his qilgan odamdir.
Harakat qil - qo‘lingdan hamma ish keladi, faqat taslim bo‘lma.
Bu dunyoda hammani boshqarish mumkin.
Meni o‘zimdan boshqa hech kim hayron qoldirmaydi.
Pochta markasiga qarang. Kerakli tomonini yopishtirsangizgina undan muvaffaqiyatli foydalana olasiz. Hayotdagi hamma ham xuddi shunday.
Har kim qoqiladi, ammo yo‘lni davom ettirgan yuksaklikka erishadi.
Muvaffaqiyatga erishish siri: imkoniyat paydo bo‘lishidan oldin unga tayyor turing!
Tevarak-atrofingda ko‘rayotgan, mutlaqo hammasi qachonlardir senga o‘xshagan odamlar tomonidan o‘ylab topilgan va yaratilgan! Nima uchun qo'lingni qovushtirib o'tiribsan? Dangasalik qilma, olg‘a va faqat olg‘a harakat qil!
Ishni boshlash uchun ilhomni kutish emas, balki chaqirish kerak. Harakat har doim ilhom uyg‘otadi. Ilhom kamdan-kam hollarda harakatni keltirib chiqaradi.
Agar aqlim tasavvur qila olsa, qalbim ham bunga ishonsa, men bunga albatta erisha olaman.
Muvaffaqiyat - har kuni takrorlanadigan kichik sa’y-harakatlar yig‘indisi.
Barcha yutuqlarning boshlang‘ich nuqtasi istakdir.
Faqat o‘zing uchun ishla.
Muvaffaqiyatning boshlang'ich kaliti - bu o‘z-o‘zini tarbiyalash.
8 / 10