Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Mehnat
Mehnat
Mehnat mavzusida 159 ta aforizma.
Jismoniy mehnat ma’naviy azob-uqubatlarni unutishga yordam beradi.
Bizga ma’qul bo‘lgan mehnat g‘amni davolaydi.
Bekorchilikning eng yaxshi davosi - doimiy va halol mehnat.
Mehnat qiling! Dangasalik bilan yashashni istaganlar uchun dunyo jannatga aylanmaydi.
Mehnat hayot chirog‘iga moy quyadi.
Mehnat barchasini yengadi.
Mehnat - rohat, yalqovlik - balo.
Baxt ko‘p mehnat qilgan odamga nasib etadi.
Shuhrat - mehnat qo‘lida.
Har qanday mehnat va ishda erishilgan muvaffaqiyat odamlar o‘rtasida o‘zaro hasadni keltirib chiqaradi. Bu esa behuda urinish va ruhiy azobdan boshqa narsa emas!
Insonning barcha mehnati og‘zi uchundir, ko‘ngli esa to‘ymaydi.
Mehnat va tejamkorlik farovonlikka olib keladi.
Jismoniy mehnat ezgulikka xizmat qiladigan ishdir.
Kim tirishqoq bo‘lsa, yashash imkoniyatiga ega bo‘ladi, kim tirishqoq bo‘lmasa, yashash imkoniyati qiyin kechadi.
Yer haydaganni omoch to‘ydiradi.
Qancha yashashimizni bilmaymiz; yashaganimizni isbotlaydigan ishlarni qoldiraylik!
Kuchingiz yetguncha mehnat qiling.
Buyuk insonlarni mehnat quvvatlantiradi.
Hayotda hech nima katta mashaqqatsiz qo‘lga kiritilmaydi.
Mehnat go‘yo og‘riqqa qarshi qandaydir qadoqli to‘siq yaratadi.
4 / 8