Kasb

Kasb mavzusida 38 ta aforizma.

Ish — g‘amning eng yaxshi davosi.
Boy bo‘lmoqchi bo‘lsang, hunar o‘rgan. Boylik vaqt o‘tishi bilan tugaydi, hunar esa yo‘qolmaydi.
Ish – mening birinchi rohatim.
Ish bizni uchta katta balodan — zerikish, illatlar va muhtojlikdan xalos etadi.
Kuchingiz va yoshingiz yetguncha mehnat qiling.
Bekorchilik illatlarini mehnat bilan yengish kerak.
Buyuklarni mehnat oziqlantiradi.
Mehnat go‘yoki og‘riqqa qarshi qadoqsimon to‘siq hosil qiladi.
Mehnat g‘am-g‘ussaga chidamli qiladi.
Mehnat shundayki, undan ham foyda, sharaf keltirsin.
Mehnat va ilm - yer yuzida bu ikki kuchdan yuksakrog'i yo‘q.
Mehnat olijanoblikning unvonidir. Bu ijodkor insonning qudrati va quvonchidir. Mehnat kishilik jamiyati manfaati yo‘lidagi har bir - kamtarona va ulug‘vor ijodiy ishda namoyon bo‘ladi.
Mehnat bizni uchta illatdan: zerikish, illat va muhtojlikdan xalos etadi.
To‘q och kishining o‘rtog‘i emas, balki ish beruvchisidir.
Ishdan ruxsat so‘raganingizda ishingiz qanchalik muhim, maosh oshirishni so‘raganingizda esa qanchalik ahamiyatsiz bo‘lib qolishi hayratlanarli.
Ba’zilar hayot bu kurash desa, boshqalar o‘yin deydi. Men hayot - bu ish degan qarashga amal qilaman. Ish qancha ko‘p bo‘lsa, hayot shuncha qiziqarli bo‘ladi.
Mehnat rohatning otasidir.
Harakat ishtahani qo‘zg‘atganidek, mehnat ham rohat-farog‘atga bo‘lgan intilishni uyg‘otadi.
Yer haydaganni omoch to‘ydiradi.
Mehnat go‘yo og‘riqqa qarshi qandaydir qadoqli to‘siq yaratadi.