Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Kamtarlik
Kamtarlik
Kamtarlik mavzusida 42 ta aforizma.
Kamtarlik o‘ziga ishonganlarning nasibasidir.
Ehtimol, bu o'ta kamtarlikdir. Lekin men kamtarona yashayotganimdan faxrlanaman!
Kamtarlik bokschining tashrif qog‘ozidir.
Kamtarlik insonnig oliy ziynati.
Har birimiz aqlli, kamtar, mehribonmiz. Ammo ba’zilar buni ko‘rsata olmaydi.
Tashqi go‘zallik faqatgina tananing barcha qismlarining antropologik mukammalligi yoki sog‘liqdan iborat emas. Bu ichki ma’naviyat - fikrlar va tuyg‘ularning boy olami, axloqiy qadr-qimmat, boshqalarga va o‘ziga hurmat, kamtarlikdan iboratdir.
Siz kamtarsiz, o‘zingizning qanchalik kamtar ekaningizni bilmasangizgina!
Fazilatlar o‘z-o‘zini tarbiyalashning mevalaridir, ular yomg‘ir yoki qordek osmondan yog‘ilib tushmaydi. Kamtarlik barcha fazilatlarning poydevoridir.
Kamtar bo'lmagan odam ko‘pincha yovuz odamdan xavfliroqdir, chunki yovuz odam faqat dushmanlariga hujum qiladi. Kamtar bo'lmagan odam esa ham dushmanlari, ham do‘stlariga zarar yetkazadi.
\"Titanik\"dan oldin ba’zi ishlarni amalga oshirganim rost. Men \"Oskar\"ga nomzod bo‘lganman, lekin hech qachon butun dunyoga mashhur bo‘lmaganman. O‘ylaymanki, endi men haqiqatan ham mashhurman. Lekin men bunday deyishga uyalaman, chunki bu menga biroz ahmoqona tuyuladi.
Kamtarlik erkakni bezaydi, ammo haqiqiy erkak bezak taqmaydi.
Kamtarlikda - xalqning ma’naviy qudrati va pokligi, maqtanchoqlikda - uning pastkashligi va aqli noqisligi yotadi.
Kattalarda kamtarlikni, kichiklarda esa izzat-nafsni yaxshi ko‘raman.
Ko‘pchilik kamtarlikni zaiflik va qat’iyatsizlik sifatida qabul qiladi; yillar o'tib, odamlar xato fikr yuritganini anglasa, kamtarlik insonga joziba, kuch va hurmat bag‘ishlashini tushunadi.
Men soxta kamtarlikni fazilat deb hisoblamayman...
O‘z huquqini himoya qilishda kamtarlik ko'rsatish bu — xurrak otish kabi yomon.
Ba’zilar uchun kamtarlik juda yomon.
Kamtarlik ko‘z-ko‘z qilinadigan ziynat emas.
Kamtarlik ko‘zga tashlanmasa, chiroylidir!
Kamtar odamni maqtash shart emas. Agar uning kayfiyatini buzgingiz kelsa... Marhamat!
1 / 3