Aforizmlar
Mualliflar
Ruknlar
Bosh sahifa
/
Ruknlar
/
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat mavzusida 96 ta aforizma.
Ayollar o‘rganishi kerak bo‘lgan narsa shuki, sizga hech kim hokimiyat bermaydi. Siz uni o'zingiz olasiz.\n\n
Qirolichadek o‘yla. Qirolicha muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydi. Omadsizlik buyuklik sari qo‘yilgan yana bir qadamdir.
Biz shunchaki boshqa odamlarni kutib o‘tirmaymiz. Biz yaratamiz va amalga oshiramiz.
Boshqalarga quvonch ulashsangiz, siz undan ham ziyoda quvonch olasiz. Insonlarga qanchalik baxt ulashayotganingizni tasavvur qilib ko'ring.
har bir kunning lazzatini faqat taqdir majburiyatidan o‘zimizni chetga olsakkina tota olamiz.
Biz aslida jamiyatga butunlay bog‘liqmiz. Aynan u bizning taqdirimizni yo‘naltiradi.
Haqiqiy tarbiya tabiatga mos ravishda rivojlanishga intiladi, lekin vaqtidan oldin yetilishga emas.
Oddiy, qo‘pol odamni qayta tarbiyalash mumkin, ammo o‘zini nozik deb hisoblaydigan kishi tuzatib bo‘lmas darajadadir.
Tarbiyachimiz bizning voqeligimizdir.
Har bir kishida ikki xil tarbiya mavjud: biri boshqalar tomonidan beriladigan tarbiya, ikkinchisi esa, o‘zi uchun muhimroq bo‘lgan, o‘ziga o‘zi beradigan tarbiya.
Sevgan odamlardan o‘rganiladi.
Biz kimlardan o‘rgansak, ularni ustozlarimiz deb ataymiz, lekin bizga ta’lim beradiganlarning barchasi ham bu nomga munosib emas.
Qattiq intizom orqali ko‘p narsaga erishish mumkin, sevgi bilan undan-da ko‘prog‘iga, ammo eng ko‘p natijaga ishni yaxshi bilish va shaxsga nisbatan adolatli bo‘lish orqali erishiladi.
Tarbiya qanchalik mukammal bo‘lsa, xalqlar shunchalik baxtli bo‘ladi.
Tarbiya, asosan, qalbimizga shaxs va jamiyat uchun foydali bo‘lgan odatlarni singdirishi lozim.
Har bir mamlakatda odamlarni shakllantirish san’ati boshqaruv shakli bilan shunchalik chambarchas bog‘liqki, davlat tuzumining o‘zida o‘zgarishlar ro‘y bermasa, ijtimoiy tarbiyada biron-bir sezilarli o‘zgarish sodir bo‘lishi deyarli mumkin emas.
5 / 5