Insoniyat

Insoniyat mavzusida 1722 ta aforizma.

Kun o'gan sayin ulg'ayib boraverasan.
Odamlar siz aytgan gaplarni, qilgan ishlaringizni unutadi, lekin siz haqingizda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otganingizni hech qachon unutmaydi.
Boshqalarga o‘rnak bo‘ling va imkonsiz ishning (o'limdan tashqari) o‘zi yo‘qligini isbotlang.
Harakat intellektning real o‘lchovidir.
Xiyonat qilgan odamlarga nisbatan shafqatsiz bo‘ling.
Muvaffaqiyatni o‘zing yarat.
Imkoning bo‘lsa - boshqalarga yordam ber, lekin ehtiyot bo‘l.
Bir yildan keyin bugun boshlamaganingga afsuslanishing mumkin!
Odamlardan ko‘ngling qolishini istamasang, ularga umid bog‘lama.
Hech qachon hech kimga shikoyat qilmang. Achinsa achinadi, lekin hurmat qilmay qo‘yadi.
Agar siz haqiqatan ham biror narsa qilmoqchi bo‘lsangiz, unda siz yechimni topasiz. Agar unchalik xohlamasangiz, bahona topasiz.
Har doim o‘zingiz haqingizda ijobiy gapiring. Hech qachon, hatto hazillashib bo‘lsa ham, o‘zingizni yomonlamang. So‘zlar aql bovar qilmas kuchga ega va hayotingizni o‘zgartiradi.
Hech nimani yo‘qotish kerak emas, shunchaki hamma narsani joy-joyiga qo‘yish vaqti keldi.
Odamlar nima deyishi muhim emas, faqat buni qanday his qilishing muhim.
Hammasi qachondir tugaydi. Muhimi, keyin nima bo'lishida.
Hayotingni o‘zing yaratasan.
Vaqt qancha davolamasin, sen kuchliroq bo‘lib boraverasan.
Xushlamaydigan odamlar bilan birga bo'lgandan ko'ra, yolg‘iz bo‘lgan afzal.
Aksariyat odamlar mag‘lubiyatga uchraydi, chunki ular qo‘llarini pastga tushirganlarida muvaffaqiyatga qanchalik yaqin qolganini bilmaydilar.
Yo‘l qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan eng katta aybimiz - xato qilishdan doimiy qo‘rqishdir.